"Qonli to'y" 1-qism. Assalomu aleykum vr.vb. Mehribon va Rahmdil Alloh nomi bilan boshladim… shu vaqtga qadar hali man man degan yozuvchi ijodkorlar ham ikki yo`nalishda ijod qilisholmagan uning ijod namunasidan bir parchasini o`qisangiz kimning qalamiga mansubligini bilib olishingiz mumkin. Shuning uchun o`xshashliklar va kamchiliklarimizni to`g`ri qabul qilasizlar degan umidda "Qonli to`y” Detiktiv-sargusasht(hayoliy va hayotiy) qissamni yozishni boshlasam. Etiboringiz uchun oldindan raxmat (Mualif)… Yana shu qorong`u xona mana besh kundirkim shu qorong`u xonada turli qiynoqlarga solinib bu yerlardan chiqib ketish uchun imkon qidiryapman ammo bu yergacha odamlarim kelishi mushkkul o`zim chiqib ketishim bo`lsa undanda mushkul… mansabparastlarni dastidan tuzuk bir kun kechirmadim… hayollarim meni uzoq uzoqlarga safar qilishga majbur qildi yani olis o`tmishga yoshligimga… yosh bola edim ota- onamni bag`rida bolalik zavqini surib yayrab yurardim. Kunlarim deyarli xursandchilik bilan o`tardi. Dadam kuni bilan ishda oyim ham ko`pincha ishda bo`lardilaru ammo menga ko`p vaqtlarini ajratardilar, qayerga borsalar ham meni o`zlari bilan olib ketardilar meni hech kimga ishonmasdilar. Balki bitta farzand bo`lganim uchundir ehtimol. Kunlarim shu zaylda xursandchilik bilan o`tardi toki dadamning ish lavozimlari ko`tarilgmaguncha dadamning lavozimlari ko`tarilganda bir oy o`tib ishxonalaridan "Gaz 24” rusumli mashina berishmagunicha u vaqtlarga mashinalar juda kam edi faqatgina katta tadbirkor va katta ishda ishlaydiganlarda bo`lardi mashina… bir kuni dadam oyim ikkalamizni shaharga aylanishga olib bordilar u vaqtlarda shaharga desa shunaqa xursand bo`lib ketardim shahar bizdan unchalik uzoqdamasu baribir mashinada yarim soatlik yo`l edida… Shahar aylanib kechga uyga kirib keldik oyim dadam va men nihoyatda xursand edik. Qaniydi shu xursanchilik bir umr davom etsaydi qaniydi ertasiga bu xursandchilik qaytib kelmasligini bilsamu ota onamni bag`rilaridan chiqmasam edi… ertasi kuni ertalab uyimizga begona insonlar keldi ulaar orasida bizdan ozgina nariroqda turadigan Oqila opa ham bor edi men yugurib borib bekona kishilarga salom berdimda tashqariga yana o`yinqarolikga oshiqdim… ko`chada bolalik gashtini surib yurganimda qo`shnimizni Bobik ismli iti bo`shalib ketibdi shekilli meni quvib ketdi. Yosh bola emasmanmi yig`lab qo`rqgunimcha uyga yugurdim. Oyim meni ko`rib bag`rilariga bosdilarga ko`zyoshlarini bekitdilar o`shanda meni deb yig`layaptilar deb o`ylagandim ammo adashgan ekanman birozdan so`ng begona amakilar dadamni olib chiqib ketishdi. Dadam menga qarab kulib shunday dedilar "O`g`lim meni barcha umidlarim sendan sen oyinga qarab tur men ish bilan bir oyga boshqa yerga ketayapman. Qara o`g`lim meni bu holimni eslab qol oyingni yig`latib yurmagin tag`in xo`p” shu so`zlarni aytgancha meni mahkam bag`rilariga bosdilarda begona kishilar bilan ketdilar… endi meni kunlarim dadmni sog`inish bilan o`tardi oyim faqatgina "O`g`lim barcha umidimiz sendan katta bo`lib o`qib katta ishlarda ishlaysan. Faqat oldinga intil xo`p” deguncha kechalari yig`lab chiqardilar. Oradi 15 kunlarcha o`tib dadam uyga qaytib keldilar… oyim bilan dadamning suhbatlarini to`satdan eshitib qoldimu ammo nima haqida ekaniga o`shanda aqlim yetmagandi… "Onasi mashinani sotishimiz kerak Oqila opani uyidan yo`qolgan pullarga meni ayblashayapti barcha dalillar menga qaratilgan ilojimiz yo`q”… biz mashinani sotdik dadam ishga chiqmay qoydilar oyim ishlab kelardilar. Dadam bir kuni bozorga chiqib tanishlari bilan gaplashib kelibdilar ish topilibdi endi dadam ham ishga chiqib ketaigan bo`ldilar men esa ko`pincha oyim bilan bazi vaqtlarda dadam bilan ishga ketardim. Dadam ishlaydigan vaqtlarida umuman bezota qilmasdim o`shayerdagi bolalar bilan o`ynab o`tirardim… kunlarimiz shu taxlit o`tib borardi endi meni bolaligimdagi quvonchga ham chek qoyiladigan vaqtlar yaqinlashib qolgandi. Bolalar bilan oynab yurganimda dadam oldimga keldilarda o`g`lim manavini yeb ol deya marojni uzatdilar o`zlari bo`lsa yana ishlariga ketdilar. Oradan uch kun o`tib nima bo`ldi bilmadim oqila opa menga boshqacha qaraydigan ko`chada ko`rib qolsa ham qo`limga pul tutqazib biror nima olib yersan deb merhribonchilik ko`rsatardi. O`shanda Oqila opa ko`zimga yaxshi ko`rinardi sababi yosh bolalarga kim mehribonchilik ko`rsatsa o`zi xoxlasa xoxlamasa sekin sekinlik bilan unga o`rgana boshlaydi. Yosh bolada hali odamni yaxshi yomonini qayerdan bilsin bolalar. Birozdan so`ng uyimiz sotildi Oqila opa olibdi uyimizni biz eskirib ketgan bir uyga ko`chib o`tdik. Oyim tinimsiz yig`lardilar "endi ko`proq pul topishimiz kerak bolamiz katta bo`lib borayapti u uchun harakat qilishimiz kerak” shunday deb yig`laganlarini eshitardim doim… bir kuni dadam bilan ish joylariga bordim. "Bugun odam ko`proq o`g`lim sen do`stlaring bilan o`ynab tur uzoqqa ketib qolma faqat” dedilarda dadam ishga ketdilar men bo`lsam bolalar bilan o`ynab yurib uzoqlab ketib qolibman dadam meni didirib yurgandirlar deya ortga qaytdim. Ammo dadamni oldilarigacha borolmadim bir mashina oldimga to`xtadida undan Oqila opa tushib meni mashinaga chiqardi. Mashina shahar tomon katta tezlikda ketar men bo`lsa Dadam qanilar dadamga boraman deb qaysarlik qilardim. Dadang ishda men senga shaharni ko`rsataman bugun jim etaver deya Oqila opa gaplarimni bo`lib qoyardi shaharni eshitib ozgina ko`nlim ko`tarilardiyu ammo dadamga borgim keladigandi o`shanda. Ha o`sh kuni men dadamni oxirgi kun ko`rgan ekanman. Shahardan meni bir amaki olib ketdida senga eng uzun mashinani ko`rsataman deya aldab olib ketdi bolamasmanmi unga ishonguncha ortidan ketaverdim ketaverdim ketaverdim… hayollarimni xonaga ovqat olib kirgan yigit bo`lib yubordi hoy manavini yeb ol tag`in o`lib qolma seni tirigingdan o`liging qimmatga tushadi dedi. Indamadim chiqib ketishi bilan stolni mushtladimda chiroqqa termulguncha yana hayollarimni davom etdim… g`alati tilda so`zlaydiganlar meni chiroyli joylarga olib kelishdi men ularni tushunmas edim ular meni faqatgina yig`lardim dadamga boraman oyimni sog`ingim oyijonimga boraman deya yig`lardim… ammo ko`z yoshlarimni foydasi bo`lmadi ular meni umuman tushunishmas men ularni tushunmas edim. Yig`lardim yig`lardim yig`layverardim… Mualif: Shodiyev Baxtiyor
Ответить
Дата: 07/08/2013 в 16:48