Bir kuni er xotin dasturxon atrofida choy ichib o'tirishganda,eshik taqilladi. Ayol o'rnidan turib eshikni ochdi - U yerda bir bechora inson ozgina suv va non so'radi. Ayol ichkarida umr yo'ldoshiga - unga ozgina non beraylik, Hudoga shukur bizda xama narsa yetarli, U esa och ekan dedi. - Shu vaqt erning jaxli chiqib - Men o'z nonimga o'zim pul topayapman, U xam qorni uchun ishlasin non yo'q deb xaydavor uni. Ayol noiloj non yo'q deya eshikni berkitdi. Shundan keyin u oilada ko'ngilsizliklar, Ish yurishmasligi, Urish janjallar boshlandi va ular ajrashishga qaror qilishdi. - Vaqt o'tib ayol boshqa boy- badavlat kishiga turmushga chiqdi. Bir kuni dasturxon atrofida o'tirisharkan eshik taqilladi. Ayol ochdi u yerda bir bechora turardi... Turmush o'rtog'i - Azizam unga non, choy va biroz shirinlik ber bechora ochdir qornini to'yg'azsin - dedi. Ayol eshikni yopib ko'zlari yoshlandi.... -Azizam nega yig'layapsan u seni xafa qildimi? -Yo'q, bilasizmi u kim edi? -Kim? -Meni birinchi turmush o'rtog'im edi -Bilasanmi men kimman? -Kim? -U xaydagan o'sha BECHORA..
Ответить
Дата: 31/08/2013 в 23:32