BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
SAYTGA BAXO BERING
Всего ответов: 93

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Август » 6 » Lola !!! Achinarli hikoya balkim haqiqat balkim yolg`on (2-qism)
08:47
Lola !!! Achinarli hikoya balkim haqiqat balkim yolg`on (2-qism)

Ammo men ataylab qilmadim,
buning ustiga meni anavi
muttaham itarib yubordi. Asl
gunohkor — u, aslo men emas!
— oqlov qidirib ketaman turib-
turib. So'ng muttahamga
qaradim: u-da meni kuzatib
irjayib turgan ekan. Ko'zim
ko'ziga tushishi bilan mazax qila
boshladi. Tavba, umrida birovga
dushmanlik qilmagan va o'ziga
kimsani raqib hisoblamagan
odam bo'lsam, nima istaydi bu?
"Raqibim" tosh ota boshladi - yo
qudratingdan, bu tag'in nimasi?
O'ylagunimcha bo’lmay, bittasi
yuzimga kelib tegdi, ko'zimdan
naq o't chiqib ketdi. Og'riq va
alam shu darajada kuchli bo'ldiki,
beixtiyor hayqirdim: "Ey Xudo,
shu la'natini jazolamasang rozi
emasman!.."
Nimaga yomon niyat qildim,
birovning bolasiga o'lim tiladim?
— o'zimni kechirmayman.
Mening bir oz avvalgi gunohlarim
endigisi oldida bir pul ekan. Nega
shunday? Axir boya oyog'im
ostidan ko'chgan toshdan
yuzlarcha odam nobud bo'lgandi,
endi birgina, u ham bo'lsa,
allaqanday hayvonsifat...
Mulohazalar ko'nglimga taskin
berolmaydi. Faqat o'rtanaman.
Negadir o'zimni sharqirab oqib
turgan suvga otgim, unda to'yib-
to'yib cho'milgim keladi. Bu
orada "raqibim" o'pirilib ketgan
toshni changallagancha pastlarda
qolgan tumanliklar tubiga tushib
g'arq bo'lgandi...
Anchagacha harakatsiz qotaman.
Nihoyat, vaqt o'z ishini qiladi.
Yodimga yana lola, uning
chorlashlari, va'dalari tushadi.
Yuragim takror hapriqadi. Yana
hayotga, quvonchga talpinuvchi
qudrat butun borlig'imni band
etayotganini va mening unga
bo'ysunishdan, egasining
ketidan ketgan itdek orqasidan
ergashishdan o'zga ilojim
yo'qligini chuqur anglayman.
Qilmishim, uning iztirobi bora-
bora qalbimni tark etadi. Faqat
yodigina ahyon-ahyon ko'ngilni
g'ash qiladi.
Endi mening butun fikru dardim
lola! G'alati og'riq aralash sevinch
bilan unga talpinaman. Nimalar
xayolga kelmaydi, deysiz o'z
botinimdagi tuyg'u kuchini
salmoqlaganda. Lekin orzuimga
erishganda nasib etadigan
huzurning qiyosini hech
topolmaydiganga o'xshayman.
Axir o'shaning uchun yo'lga
chiqmadimmi, mashaqqatlar
chekmadimmi, qurbonlar
bermadimmi? Demak, olg'a va
yana olg'a!..
Nihoyat, o'sha tik qoya! Yon-
verimga alanglayman:
qumursqadek yopirilib
kelayotganlardan faqat bir
nechaginasi qolibdi. "Qismat!" -
sovuq mulohaza yuritaman.
Birpasdan keyin o'ylarimga chek
qo'yaman-da, cho'qqini ishg'ol
etishga bag'ishlayman o'zimni.
Bu orada g'oyat siyraklashib
qolgan odamlar ham birin-sirin
qulab, osmonning bag'ridan
uzilib-uchib allaqaysi
burchaklarga g'arq bo'lgan
yulduzlardek yitadilar. Bu
to'siqdan o'tish odam bolasining
qo'lidan keladimi - ikkilanaman
bir zum. Lekin vo darig', qoya
qarshisida mengina. Demak,
lolaning va'dasi haq!
Yuragimning duk-duklari qo'l va
oyoqlarimga kuch ato etadi.
Butun borlig'im yaltiroq,
sirpanchiq, bu ham yetmagandek
alifdek tik qoyalarga qo'l va oyoq
bo'lib yopishadi. Biron yumushga
o'zimni hech qachon bunchalar
fido qilmagandim. Borgan sari
chumoliga aylanib ketaman
go'yo. Ter suvdek oqadi. Ba'zan
qaltis vaziyatlarbo'lganda
yuragimni vahm bosadi-yu, endi
o'lsam ham yo'limdan
qaytmashgimni, bunga lolaning
yodi izn bermasligini aniq
bilaman. O'rgimchak bo'lib
o'rmalayman. Shu dovonni
oshsam bas, marra meniki! Inson
bolasining xayoliga kelmagan
baxt menga yorlaqaydi! Nafasim
bo'g'zimga tiqilib entikaman... Vo
ajab, nahotki dunyoda shunday
saodat bo'lsa va u menga nasib
etsa!..
Shirin xayollar yaxshi-yu, lekin
maqsadga borishimda xalaqit
bera boshlaydilar, mashaqqatim
ortadi. O'zimni qo'lga olaman-da,
orzularga xarjlanayotgan
kuchimni-da dovonni oshishga
beraman. Endi aqlu hushim, tan
va jonim - butun borlig'im
birlashadilar va men qiynalib
bo'lsa-da, xavfli cho'qqini oshib
O'TAMAN! Hayhot, g'olibman!
Alhamdulilloh! Sevinchimdan zabt
etilgan qoya ustida to'xtamay
osmonga sakrayman. Nihoyat
charchab, o'sha yerda toshlarni
quchoqlab uxlayman... tush
ko'raman. Tushimga ham shu
dovon, uning mashaqqatlari
kiribdi. Men takror uni qo'lga
kiritibman. Ammo oshib o'tgach,
ne ko'z bilan ko'rayinki, yuqorida
yana odamzodning o'tishini
xayol ham qilib bo'lmaydigan
son-sanoqsiz tik qoyalar ketma-
ketligi savlat to'kib turardi. "Dod!"
deya baqirgancha uyg'onib
ketaman. Lekin yuqoriga
qaramayman, yuragim
betlamaydi. Negadir tubanlarda
suzib yurgan bulutlarni
kuzataman. Zaminni, shovqin-
suronli turmush tashvishlarini,
odamlarni qo'msayman. Biroq
endi ortga yo'l yo'qligini hamma
narsadan ko'ra chuqurroq
anglayman. Ko'kragimda og'riq
turadi. Paypaslanaman,
timirskilanaman. Lekin baribir
yuksakka qarashga, u yerdagi
haqiqatni bilishga mahkum
etilganimni unutolmayman. Ha,
tavakkal qilish payti kelgandi: yo
hayot, yo mamot! Nihoyat,
o'zimda neki qurb bor —
barchasini to'playman-da,
ko'zimni yumgan ko'yi boshimni
yuqoriga tomon ko'taraman. Yo
Razzoq! Yuragim hapriqib naq
tomog'imga kelib tiqilarkan,
ko'zimni ochaman...
Ulug'bek Hamdam

Manba: www.SEVMA.uz
Категория: Sevgi Voqealari | Просмотров: 949 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Автор: Nigisha
Ответить

Дата: 07/08/2013 в 16:43
Yana davomi bormi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Август 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -