BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
SAYTGA BAXO BERING
Всего ответов: 93

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Август » 18 » Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (9-qism)
14:32
Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (9-qism)


Ablax Jafar ! Ming la'nat senga ! Bu yolg'onchi dunyoda necha kun yashaysan o'zi ? Odam degani, shunchalik ham tuban bo'ladimi ? Sen o'ylaganchalik, razil emasman emish. Bu qimishlari, u uchun hali, hechnarsa ekan-da ? ... Alloh jazoyingni bersin ! Shahardan kerakli narsalarni olib, Maftunani yoniga qaytdim. Maftuna kelganimni ko'rib, quvonib ketdi. Yolg'ondaka tabassum qilib, unga tikilib turardim. Eh Maftunim, muhabbatimiz og'ir sinovlarga duch kelmoqda. Bu sinovlardan o'ta olarmikanmiz ? Men tushkunlikga tusha boshladim. Ablax Jafar, nomardlarcha bo'lsada, so'zini ustidan chiqadi ... U endi oilamni tinch qo'ymaydi. Nomardlik qilib, qiz boladan foydalanmoqchi. Bu orada Jamshid qo'ng'iroq qilib, Jafar ortiga qaytganini ta'kidladi. Mendan nima bo'lganini so'radi. Unga bor gapni aytdim. Jazavaga tushgan o'rtog'im, Maftunani qaytarmasligimni, singlimga o'zi ko'z-quloq bo'lishini aytdi. Lekin bu, xavfli. Xudo ko'rsatmasin-u, singlimga bir gap bo'lsa, bunga men aybdor bo'laman. Singlim meni deb, jabr ko'rishini istamayman. Eh, dunyoda shunaqayam razillik bo'ladimi ? Ilgari bunaqa holatlarni kinolarda ko'rsam, e'tibor bermasdim. Bu shunchaki kinoda deb, qo'yardim. Endi esa, xuddi kinodagidek holatlar, o'z hayotimda kuzatilmoqda. U kinolarda ko'plab sevishganlarning taqdiri, ayriliq yoki o'lim bilan tugardi. Nahotki bizda ham... Yo'q-yo'q, faqat ayriliq yoki o'lim emas ! Allohim, o'zing asra bizni ... Xavotir kuchliligidan, bir zum o'zimni yo'qotib qo'ydim. O'yla Otabek, o'yla ... Bir qaroring bilan, singling jabr ko'rishi mumkin, bir qaroring bilan, singling qutqarilib, Maftuna, ablaxning qo'lida bo'ladi ... Qanday yo'l tutishim kerak ? Allohim, o'zing madad ber menga ...
-Otabek aka, xomush ko'rinasiz ? ...
-A ? Ha-yo'q, shunchaki o'zim. Kel Maftun, o'tir.
-Nimadir bo'ldimi ? Shahardan qaytganizdan beri, kayfiyatiz yo'q. Tinchlikmi ?
-Tinchlik Maftunim. Hammasi joyida. Sen xavotir olma. Biroz charchabman shekilli.
-Aniqmi ? Hechnarsani mendan yashirmayapsizmi ?
-Nimani ham yashirardim beg'uborim ? Hammasi joyida.
-Mayli ... Unda biroz yotib, dam oling. Men ungacha ovqat tayorlayman.
-Xo'p. Demak, men uchun birinchi ovqatingni tayorlar ekansan-da ?
-Xuddi shunday !
-Bo'pti beg'uborim. O'zingni ko'p ham urintirma unda. Agar, suvmi yoki boshqa og'ir narsalar kerak bo'lsa, meni chaqir. O'zim olib kelib beraman.
-Xo'p bo'ladi.
-O'zimni Maftunim ...
-Xo'p. Yaxshi dam oling Otabek aka ...
-Tashakkur beg'uborim ...
Maftuna ketgach, nima qilish haqida o'ylay-o'ylay uxlab qoldim. Oradan ancha vaqt o'tgach, Maftuna meni uyg'otib, ovqat tayor ekanini aytdi. Bu men uchun quvonchli edi. Maftunim ilk bor, men uchun ovqat tayorladi. Bu men uchun, ulkan baxt edi. Oshxonadan kelayotgan ovqatning hidi, shunaqayam yoqimli edi-ki, ovqat juda ham mazali ekanini bemalol his etish mumkin. Dasturxonni ajoyib noz-u ne'matlar bilan bezak berganlarini ko'rib, yanada xursand bo'lib ketdim ...
-O'zimni Maftunim, qo'li gul, pazandahamman-de ?
-Qo'ysangizchi, bularni har bir qiz eplay oladi. Hechnarsa qilmadim-u. O'tiring, hozir ovqatni suzaman. Bir mazasiga baho beringchi ...
-Xo'p bo'ladi Maftunim. Hididan menimcha, juda ham shirin chiqgan.
-Mana-bu sizga. Qani oling, tatib ko'ringchi.
-Qani ... O'zing ham o'tir beg'uborim.
-Xo'p ...
-Bismillahu rohmani rohiym.
-Xo'sh ? Qaley chiqibdi ?
-A-aaa ...
-Xo'sh ???
-A ... Haligi ...
-Bemalol aytavering ?! ...
-Haligi ... Mashinani chetga olish yodimdan chiqibdi. Hozir kelaman ...
-Vooy, qayoqga ? Nega ? Hozir olasizmi ?
Maftunaga indamay xonadan chiqdim va biroz tashqarida kutib turdim. Unga hazil qilish maqsadida, xuddi "Kelinlar qo'zg'oloni" filmidek qilmoqchi bo'ldim. Unda bir kelinni, ovqatiga tuzni ko'p solishadi. Ovqat tayyor bo'lgandan so'ng, ovqatlanishayotib, ovqatni yegan kishilar, o'rnidan har xil bahonalar topib, turib ketishadi. Ko'pchiligimizga tanish albatta bu kino. Men ham Maftunaga, hazil tariqasida shunday qilmoqchi bo'ldim. Keyin xonaga sekin kirdamda, yana o'rnimga o'tirib, ovqat yemay, Maftunaga tikilib turdim. Maftunani ko'zlari yoshga to'ldi ...
-Maftunim ? Maftunim ? Yig'layapsanmi ? Voy darrov yig'laysan-a. Hazillashdim beg'uborim. Bilasan-ku, doim hazil qilib turaman. Kelaqo o'zimga. Ko'z yoshlaringni artib qo'yaman. O'zimni Maftunim.
-Yo'q ! Tegmang menga !
-Iye ... Maftunim, hazillashdim. Ovqating juda ham mazali bo'libdi. Rost gapiryapman. Har holda menga tayorlagan birinchi ovqating-bu. Juda ham ajoyib ! Hozir bir pasda yeb qo'yaman hammasini.
-Yo'q, yemaysiz ! Bering buyoqga !
-Iye Maftunim, men hazillashdim-ku ! Yana bir tomchi qonimdan keching malikam ! Iltimos ...
- ... Ha mayli, kechdim ! Qo'rquvona hazillariz, biram xavotirli-ki.
-Nimasi xavotirli beg'uborim ? Shunchaki sho'hlik qilamanda. Qani endi ovqatdan ol. Hali bir og'iz ham, yemabsan. Qani ol ...
-Rahmat Otabek aka ... Hozir, qanchalar baxtli ekanimni bilsangiz edi. Qaniydi shu baxtimiz abadiy bo'lsa ...
-Bo'ladi Xudo xohlasa beg'uborim, bo'ladi. Inshoolloh baxtli bo'lamiz !
-Aytganiz kelsin ...
Ilk bor, beg'uborim men uchun ovqat tayorladi. Bu esa, ko'nglimga ancha taskin berdi. Ovqatlanib bo'lgach, ertangi kun haqida o'ylay boshladim. Oxiri bir qarorga keldim ... Men Maftunimni bermayman ! Shunday deyapman-u, ichimda kuchli xavotir kezardi. Ablax Jafardan, har narsani kutish mumkin. Singlimga qo'ng'iroq qilib, o'qishga bormay, uydan vaqtinchalik chiqmasligini, Elyor va Jamshidga esa, atrofga ko'z-quloq bo'lishlarini ta'kidladim. Endi ortga yo'l yo'q ! Shu tariqa Maftunim bilan, mehribon Allohning, yana bir fayzli kunini o'tkazdik. Yangi kun boshlandi ... Jafar qo'ng'irog'imni kutyapti. Unga qo'ng'iroq qilib, hechqayerga ketmasligimni va oilamga yaqinlashgudek bo'lsa, uni sog' qo'ymasligimni aytdim. Bu gaplarim, albatta unga yoqmaydi va ahamiyatsiz. Lekin men chekinmayman ! "Chin oshiq, sevgilisi uchun, oxirigacha kurashadi" deb, eshitgandim. Jafar yana bezbetligiga borib, do'g'-po'pisa qilib ketdi. Mayli, qo'lidan kelganini qilsin ! Puli ko'p bo'lishi mumkin. Lekin, u ham odam, Alloh emas ! Bor e'tiborimni Maftunimga qaratdim. Dasht-u biyobonlarga sayrga chiqdik. Turli xil anhorlar, har xil kuzgi manzaralar bo'ylab, sayr qilardik. Biz baxtlimiz ! Ammo, bu baxtimiz ko'pga bormadi. Oradan 5 kun o'tib, Elyor qo'ng'iroq qildi va ... Singlimni yo'qolib qolganini aytdi. Bu gapni eshitib, qattiq shokga tushdim. Xavotir va qo'rquv bosimi shu darajada kuchli ediki, biron daqiqa gapirolmay qoldim. Aslida yo'qolib qolganiga 3 kun bo'libdi. Lekin Elyor bunda o'zini aybdor his etib, menga aytmay, o'zi qidirishga urungan ekan. Natijada topisholmabdi. Jahl, butun vujudimni egallab oldi. Zudlik bilan shaharga otlandim. Yo'lda ketayotib, ablax Jafarga qo'ng'iroq qildim ...
-Ablax, nomard ! Seni o'ldiraman ! Singlim qayerda ? Qayerga yashirding ???
-Ooo, ifos-boy, bormisiz ? Qo'ng'irog'izni kutaverib, ko'zlarimiz sakkiz bo'ldi-ku !
-Agar singlimni bir tola sochi to'kiladigan bo'lsa, Alloh shohid, seni o'z qo'llarim bilan o'ldiraman !
-Tasodifni qarang-a ... Maftunani olib qochganingda, xuddi men sen bilan shunday gaplashgandim. Ammo sen, kulganding. Endi kulish novbati menga ekanda !
-Ko'p akkilamay, maqsadga o't ! Singlim qayerda ?
-Singling meni koshonamda ! Seni ogohlantirgandim, Maftunani qaytar, bugun bo'lmasa, ertaga maqsadimga erishaman deb ! Sen nima qilding ? Maftuna bilan qolding. Begona oilani farzandi, o'z tug'ishgan singlingdan ham ustun bo'ldimi ?
-Lanati iblis ! Sen pastkashsan ! O'z maqsadimga erishaman emish. O'z maqsadimga nomardlarcha erishaman-de undan ko'ra ! O'z maqsading yo'lida, qiz boladan ham foydalanasanmi ? Qanaqangi surbetsan ?!
-Ey iflos, diydiyongni kotta xolanga aytasan. Shukur qil, singlinga hali hechnima qilganim yo'q ! Tomoshani allaqachon boshlasam ham bo'lardi. Lekin, yana ozroq sabr qildim ! Bu uchun menga rahmat-de. Mana qo'ng'iroq ham qilding. Endi senga oxirgi marta imkon beraman. Ertaga Maftunani uyga keltirib qo'yasan. Mayli, agar qo'rqsang, Maftunani uyidan sal chetroqlarda qoldirgin. O'zi uyga yetib keladi. Men uydagilariga qo'ng'iroq qilib, Maftuna kelganmi yoki yo'qligini so'rayman. Keldi deyishlari bilan, singlingni qo'yvoraman ! Agar ertaga ham keltirmasang, go'zal singlingdan, asar ham qolmaydi ! Keyin uni so'ngan gulni parvarishlagan kabi, qancha parvarishlasang ham, hayotga qaytib gul bo'lib ochilmaydi ! So'ngan gul, qaytib nafis gulga aylana olarmidi ? Nima demoqchiligimni fahmlagandirsan ?!! Ha yana bir gap, shaharda ehtiyot bo'lib yur ! Seni militsiya izlayapti ! Ertangi kunni, intizorlik bilan kutib qolaman. Xayr !!!
Lanati ablax ! Eh Xudoyim, bu insonmi o'zi ? Nima qilayotganini tushunyaptimi ? O'zing insof ber Allohim ! Bu voqeadan so'ng, ruhiyatim tobora so'nib borardi. Elyor va Jamshid bilan uchrashib, yana Maftunani oldiga qaytdim. Kelsam, Maftuna yig'lab oldimga chiqdi. Nima bo'ldi Maftunim ? Men keldim deb, 5-6 bor aytdim ... Lekin indamay, menga tikilib turardi ...
-Maftunim, nima bo'ldi ? Nega gapirmayapsan ? Iltimos, meni qo'rqitma ...

( Davomi bor ){So'ngi qism qoldi}
Категория: Ayriliq | Просмотров: 613 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
Автор: GuliJaxon
Ответить

Дата: 19/08/2013 в 12:25
Man bulani yozganimi jafar körib bowqa net.ka chiqarmasligimi aks xolda yomon böliwini etadi. Lekin oxirigacha yozgan bir kun kelib jafar mani ortimdan pichog uruwi xam mumkun mayli lekin sandaqa odamla borligini xama bilsin dgan.
Автор: GuliJaxon
Ответить

Дата: 19/08/2013 в 12:19
Bu xikoya xayol.uzda ancha oldin yozilgan oxirigacha maftunani öwa jafarga beriwadi faqat maftuna sal pariwon xotirrog xech kim gaplawmidigon galati qiz böpqoladi. Bowidan ötkanlarini aytib bergan yigitni jafarga atalgan sözlariyam bor oxirida
Автор: Admin_No1
Ответить

Дата: 19/08/2013 в 03:27
tezroq qoing davomini Jafar Maftunani zo'rlar ekan shu qismini qayerdadur o'qidim tezroq topib qoing davomini
Автор: AbDuLLaTiF
Ответить

Дата: 18/08/2013 в 19:51
Davomi Tez Kunda SevMa.Uz da qolila
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Август 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -