BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
SAYTGA BAXO BERING
Всего ответов: 93

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Август » 18 » Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (8-qism)
14:30
Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (8-qism)


Uydan chiqib, Elyorni oldiga yo'lga chiqdim. Inshoolloh oxiri baxayr bo'lsin ! Ablax Jafar, mendan Maftunimni tortib olishinga yo'l qo'ymayman ! Elyor bilan, biroz ko'chada aylanib qaytdik. Kun esa, o'tib borardi. Yakshanba kuni ham, hayajonli onlar bilan o'tdi. Vanihoyat Dushanbe tongini qarshi oldik ...
-Akajon, yaxshi dam oldizmi ?
-Allohga shukur singlim, yaxshi. O'zingchi ?
-Hmm, yaxshi.
-Singlim, men aytgan gap nima bo'ldi ? Ya'ni, kiyimlarni tayorlab qo'ydingmi ?
-Aytganizdek qildim akajon. Paketga solib, tayorlab qo'ydim.
-Juda ham yaxshi. Men oldinroq borib, o'qish darvozasining, biroz chetrog'ida kutib turaman. O'qishga kelganingda, mashinam qayerda turganini ko'rasan va Maftunaga aniq holda tushuntirasan, xo'p ?
-Xo'p bo'ladi akajon.
-Tashakkur singlim.
-Nonushta tayyor akajon. Nonushta qilib, keyin keting.
-Xo'p.
Nonushta qilib, tezda yo'lga chiqdim. Elyorni ham uyidan olib, to'g'ri o'qish markaziga otlandik. Soat 8:10 lar chamasi yetib keldik. Elyor mashinadan tushib, ko'chani nazorat qila boshladi. Oradan birmuncha vaqt o'tgandan so'ng, nihoyat Maftunim keldi ... Otasi, mashinasida olib keldi. Mashinadan tushayotgan Maftuna, Otasiga qaragancha, boshi egik holda to'xtadi. Otasi unga, nimalarnidir gapirib, go'yo tanbeh berayotgandi. Birozdan so'ng, orqadan yana bir mashina keldi. Bu esa, ablax jafarni sheriklari edi. Kim biladi, balki o'zi ham mashinada bo'lgandir. Maftunani otasi ketdi ... Maftuna o'qish darvozasidan endi kiraman deganida, birdan to'xtab, ortiga qaradi. Kimdir uni chaqirgandek bo'ldi. Bu, anavi jafarni hamtovog'i ekan. Xullas, Jafarni odami Maftunani oldiga yaqinlashib, nimalardir dedi. Shundan so'ng Maftuna, darsga ketdi. Ularni kuzata boshladim. Jafarni odami ham, mashinasida, Maftunani darslari tugashini kuta boshladi. Biroz vaqt o'tib, singlim keldi. U atrofga bir ikki bor tikildi-da, mashinam qayerda turganini ko'rib, yana yo'lida davom etdi. Meni esa, hayojon butun tanamni qoplab olgandi. Birinchi dars tugashini kutib turdik. Bir yarim soatlardan so'ng, tanaffus e'lon qilingani haqida, qo'ng'iroq chalina boshladi. Diqqatimni o'qish darvozasiga qaratdim. Biron daqiqa o'tgach, darvozadan bir qiz chiqib, to'g'ri mashinam turgan tomonga qarab kela boshladi. Yaqinlashgani sayin, uni Maftunim ekanini his etardim. Hayajon va kuchli bosim, meni xavotirga solardi. Ilohim tanib qolishmasinda ... Jafarni odami ham, xuddi sezganday, shu qizga qarab turardi. Xayriyat, hechqanaqa mojarosiz, Maftuna kelib, mashinaga o'tirdi. Elyorni o'qishda qoldirib, o'zim Maftuna bilan ketdim. O'qish markazidan uzoqlashgach, mashinani to'htatdim. Maftuna xursandligi va sog'inchi cheksizligidan, meni mahkam quchoqlab oldi.
-Allohga shukur, Allohga shukur Otabek aka ! Yana uchrashdik !
-Behisob shukurlar bo'lsin Maftunim ! Biz uchrashdik. Seni qanchalar sog'indim, beg'uborim ! Yaxshimisan ?
-Rahmat Otabek aka, men yaxshiman. Hozir juda ham baxtliman ! Sizni ko'rganimdan, baxtliman ! O'ziz yaxshimisiz ?
-Allohga shukur, yaxshiman. Men ham baxtliman beg'uborim ! Ha aytgancha, ko'zoynak bilan ro'mol, senga yarashibdi.
-Voy, rostdanmi ? Endi bularni olib tashlasam ham bo'ladi. Ochig'i singliz kelib, shu kiyimlarni kiyib, shu manzilga borasan deganida, hayron qoldim. Xudoga shukur, Jafarni odamlari meni tanishmadi.
-Men zo'rg'a tanidim-u, Jafarni odami qayerdan tanisin ...
-Xoo-o, shunchalik o'zgarib ketibman-mi ?
-Ha albatta !
-Xursandman Otabek aka. Endi nima qilamiz ?
-Endimi ? Endi, buyerlardan biron muddatga qochib ketamiz !
-Qayerga ketamiz ?
-Men bilan yur, ko'rasan. Senga albatta yoqadi. Yo'l-yo'lakay suhbatlashib ketamiz. Anchadan beri gaplashmabmiz ...
-Xo'p bo'ladi ...
-Unda, ketdik ! ...
Maftunani olib, yo'lga tushdim. Maftunim yonimda ekanidan, o'zimni juda ham baxtiyor his etdim. Allohga shukur, men uni olib ketdim. Endi buyog'iga, sevgimiz uchun, birga kurashamiz ! Yo'lda ketayotib, Elyorga nima gapligini bilish uchun, qo'ng'iroq qildim. Elyor, hali darslar tugamaganini aytdi. Singlimga ko'z-quloq bo'lishini, darslari tugagach, uygacha kuzatib qo'yishini ta'kidladim. Vaqt esa, o'tib borardi. Oradan ozmi-ko'pmi vaqt o'tgach, bir chekka qishloq tomon yetib keldik. Atrofida turli xil daraxtlar, har xil anhorlar, dasht-u biyobon joylar ... Xullas, xuddi o'rmonga o'xshardi. Bu joylar ichida esa, oddiygina bir, 3-4 xonali uy qurilgan. Ilgari buyerda-bir, hechkimi yo'q do'stim yashardi. Bu uy atrofida, boshqa uylar yo'q. Faqatgina hazon daraxtlar bor xolos. Do'stimni ko'rish va u bilan suhbatlashib o'tirish uchun, bu yerlarga ko'p bor mehmonga kelar edim. "Uyim, hamisha sen uchun ochiq" derdi mehribon do'stim. Lekin, o'zi chet mamlakatga ishlagani ketdi-yu, shu bilan boshqa qaytmadi ... Shundan beri uyi hechkimsiz, huvillab yotardi. Maftuna bilan shu uyga kelib joylashdik. Bu orada Elyor qo'ng'iroq qilib, singlim Shahnozani darslari tugagani va Maftuna chiqmaganini ko'rgan anavi Jafarni odami, o'qish ichkarisiga kirib ketganini aytdi. Singlim bilan uyga qaytishini tayinlab, telefonni o'chirdim. Nima bo'lsa, bo'ldi. Bir kun vaqtimiz, uyni saramjonlashga ketdi. Kech tusha boshladi. Atrof qop-qorong'u. Chiroq bor-u, baribir atrof zimiston edi. Lekin, qo'rquv bizga begona ! Xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek edik. Men shahzoda, Maftuna esa, malika ... Kechqurun Maftunaga bo'lgan voqealarni birma-bir gapirib berdim. Buni o'ylab, Maftunim o'zini yig'lashdan tutib, turolmadi. Men esa uni ovutish uchun: "Maftunim yig'lama, mana birgamiz. Qo'rqma, seni mendan hechkim tortib ololmaydi" derdim. Ammo u, otasini mendanda yaxshiroq bilardi. Shu uchun ham, qattiq qo'rqardi. Ikkinchi tomondan, anavi sovuq Jafardan qo'rqardi. "Jafar bizni o'ldiradi" deb. Mayli, qo'lidan kelganini qilsin ! Hech bir amal, javobsiz qolmaydi ! Qilmishiga yarasha javob oladi. "Qaytar dunyo" deyishadiku ... Telefonimni yoqsam, u yerda antena yaxshi emas ekan. Bir amallab, singlimga qo'ng'iroq qildim. Hammasi joyida ekanini ta'kidladi. Oyim va dadamga hammasini aytibdi. Uyga qaytishimni, bunday qilmasligimni tayinlashibdi. Albatta, baribir Ota-onada. Farzandi haqida qayg'uradi. Lekin men bunday qilolmayman. Ablax Jafar yaxshi inson bo'lganida edi, hammasi butunlay boshqacha bo'lardi. Shu tariqa tong ham otdi ...
-Maftun, tong otdi. Xayrli tong ! A-u ? Maftunim ?
-Voy, hammayoq yop-yorug' bo'lib ketibdi-ku.
-Tong otdi-da beg'uborim.
-Xayrli tong Otabek aka ! Yaxshi yotib turdizmi ?
-Allohga shukur yaxshi. Lekin sen yaxshi emas. Maftun, o'ziyam ertalabgacha yig'lab chiqding. Bir soat uxladingmi, yo'qmi. Ko'zlaring qizarib ketibdi. Axir, o'ylama dedim-ku !
-Xo'p ...
-Har doim kulib yurishingni xohlayman. Xudo xohlasa hammasi joyida bo'ladi.
-Aytganiz kelsin ...
-O'zimni Maftunim. Senchalik aqilli, chiroyli va mehribon qiz, yana bormikan bu dunyoda ? Men uchun yo'q ! O'zimni yagonam ...
-Voy Otabek aka, ko'p maqtab yubormadiz-mi ? Mendanda yaxshi qizlar ko'p-ku bu dunyoda. Masalan, mana biri singliz Shahnoza.
-Men uchun yagonasan, beg'uborim ! Qalbim beg'uborisan !
-Rahmat Otabek aka ...
-Maftunim, men bir shaharga chiqib, bozor qilib kelaman. Manabu telefon senga, bunisi menga. Nomerimni telefoninga saqlab qo'ydim. Biron nima kerak bo'lsa, yoki biron gaping bo'lsa, menga qo'ng'iroq qil, xo'p ?
-Yo'q ! Otabek aka, ketmang ! Hechnarsa kerak emas.
-Maftunim, tezda kelaman. Zarur narsalarni olamanda, qaytaman.
-Yo'q, iltimos ketmang ...
-Xavotir olma beg'uborim. Endi biz, uydan ancha yiroqdamiz.
- ...................
-Nega indamaysan Maftunim ? Ko'p qolib ketmayman. So'z beraman.
-Xo'p ...
-Bo'pti, unda men ketdim. Tezda kelaman xo'p-mi ?
-Xo'p. Yaxshi borib keling. Otabek aka, iltimos ehtiyot bo'ling.
-Voy, yig'layapsanmi Maftunim ? Albatta aytganingdek qilaman. Bo'ldi, yig'lab o'zingni qiynama. Xudo xohlasa, hammasi joyida bo'ladi.
-Xo'p ...
-Mayli Maftunim, men ketdim.
-Yaxshi borib keling. Oq yo'l.
Ko'zlaridan, baribir yoshlari qalqib chiqardi. Maftunimni ko'zlari, xuddi qanaqadir nohushlikni sezganday, mayus edi. Shaharga qarab, yo'lga chiqdim. Yo'lda ketayotib, Jamshid qo'ng'iroq qildi ...
-Alo ? Eshitaman o'rto ?
-Alo ?! Otabek, salom. Yaxshimisizlar ?
-Salom o'rto ! Rahmat, Allohga shukur, yaxshimiz. Nima gap Jamshid ?
-Haligi ... Anavi yaramas Jafarni mashinasi, uying atrofida yuribdi ...
-Nima ? ...
-Bir ikkita odamlar bilan gaplashyapti. Seni uyingni manzilini so'rayapti chog'i. Nima qilay ??!
-Tushunarli. Jamshid, hechnarsa qilma. Kuzatuvda bo'l. Men hozir Jafar bilan o'zim gaplashaman.
-Iye, uyga qaytasanmi ?
-Yo'q, telefonda gaplashaman. Hozir Jafar ortiga qaytadi. Agar qaytmay uyimga kelsa, Elyorni chaqirasan. Elyor senga nima qilishni tushuntiradi.
-Xo'p, tushunarli.
-Bo'pti. Qo'ng'iroq qilaman.
Telefonni o'chirishim bilan, ablax Jafarga qo'ng'iroq qildim ...
-Da ?! Alo ?!!
-Ablax, meni izlayapsanmi ?
-Iflosmisan ? O', seni o'ldiraman ! Qayerdasan iflos ?! Maftunani qayerga olib ketding ? Yerni tagida bo'lsang ham, seni topib o'ldiraman !!!
-Qizishma ablax ! Odamga o'hshab gapir. "It akkillayveradi, Karvon o'taveradi" degan gap bor.
-O', bu gaping bilan nima demoqchisan ? Meni yana it deyapsanmi ? Aqilli gaplaringni o'zingdaqa jinnilaga aytasan demaganmidim ? O'zingni kim deb o'ylayapsan ? Sendan yaxshilikcha so'rayapman, Maftuna qayerda ?
-Hmm, shunaqa-de, Maftunami ? Maftuna meni yonimda ! U hamisha men bilan ! Men ham senga aytgan edim, Maftunadan voz kechmayman, O'lsam ham, sevgim uchun kurashaman deb ...
-O'chiiiiiiii-ir !!! O'chir ovozingni iflos !!! Voz kechmayman deysanmi ? Voz kechasan iflos ! Shunaqayam voz kechasanki hali. Yana menga sevgi deyapsanmi ? Sevging boshingdan qogur iflooos !!!
-Namuncha baqirasan ? Haqiqat yoqmayaptimi ?
-Lanati iflos, hali shunaqami ? Manashu qilganing, o'zinga jabr bo'ladi. Endi, Maftunani o'z qo'ling bilan keltirib berasan !
-Ablax, nimalar deb valdirayapsan ? Bilganingni qil !
-Bilganimni qilaymi ? Yaxshi. O'zing bilasan. Menga qara, go'zal bir singling bor ekan deb eshitdim ?! Shu rostmi ?
-Nima ??? ...
-Haa-a, manashunaqa iflos ! Nimani sha'ma qilayotganimni endi fahmladingmi ?
-Ablax, singlimga yaqinlashsang, qasam ichaman, seni o'z qo'llarim bilan o'ldiraman ! Keyin qamalib ketsam ham mayli.
-Yo'g'ey ? Vuhahahahaha ! Kulgimni qistatma-ey iflos ! Senga bir kun muhlat, yo Maftunani qaytarib uyga olib kelasan, yoki men ham, xuddi senday, singlingni olib ketaman. Keyin esa, tomoshani zo'rini ko'rasan. Shuni xohlayapsanmi ? Singlingni bekitaman deb, ovora ham bo'lma. Meni kimligimni bilasan. Bugun bo'lmasa, ertaga maqsadimga erishaman !
-Bunchalar pastkashsan-a. Alloh jazoyingni bersin, nomard !
-Ha, qo'rqib ketdilami ??! Gap-shu, yo Maftuna bilan qolib, singlingni xor qilasan, yo Maftunani qaytarib, singlingni qutqarasan ! Tanlash imkoni senda ! Ko'ramiz endi ahvolingni ! Ertagacha qo'ng'iroq qilmasang, go'zal singling bilan, vidolashasan. Qo'rqma, uni o'ldirmayman. Shunchaki bir zo'r tomosha uyushtiraman. Sen o'ylaganchalik ham, razil emasman. Bo'pti bo'masam, qo'ng'irog'ingni kutaman iflos ...
Tut ... Tut ... Tut ... Tut ...
Ablax Jafar ! Ming la'nat senga ! Bu yolg'onchi dunyoda necha kun yashaysan o'zi ? Odam degani, shunchalik ham tuban bo'ladimi ? Sen o'ylaganchalik, razil emasman emish. Bu qimishlari, u uchun hali, hechnarsa ekan-da ? ... Alloh jazoyingni bersin !

Davomi bor.
Категория: Ayriliq | Просмотров: 671 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Август 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -