BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
SAYTGA BAXO BERING
Всего ответов: 93

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Июль » 12 » Voy Bu nimasi? ''Bumi ? Bu Qishloqcha muhabbat-ku'' !!
18:22
Voy Bu nimasi? ''Bumi ? Bu Qishloqcha muhabbat-ku'' !!

Hangomaning muqaddimasi
to’yda boshlandi.
Qizning eng yaqin dugonasi
turmushga chiqayotgan edi.
Kuyovto’ra Towkentdagi
institutning bitiruvchisi emasmi,
kuyovnavkarlar orasida shaharlik
"oqbilak”lar ham ko’zga
tashlanardi. Ana o’shalardan biri
qizdan ko’zini uza olmay qoldi.
Qiz o’ziga qadalgan nigohlarga
dastavval e’tibor bermadi, keyin
jahli chiqdi. Keyin kimdir kelib
o’yin qizib ketgan davraga taklif
etdi. Qiz nechundir o’ziga tikilib
"bezbet”ni kuydirmoq istadi.
Davrada nur bo’lib, hur bo’lib
raqsga tushdi. O’yin tugagach
atrofdan qarsaklar yog’ilib ketdi.
Qiz borib o’tirdi va shaharlik
yigitni ko’zlariga qyrilib
qaramadi. To’y tugadi. Qiz
to’yxonani tark etib uy-uyiga
tarqalayotgan qizlar safiga
qo’shildi. Ellik-oltmish qadam
bosmasdanoq orqalaridan yo’tal
ovozi eshitildi. Zum o’tmay
shaharlik yigit paydo bo’ldi.
-Kechirasiz men…-u qizlarga oy
nurida bir-bir qarab chiqdi,
ko’zlari o’zi izlayotgan qizda
to’xtadi. – Men sizni kuzatib
qo’ymoqchi edim.
Qizlar piq-piq kulgancha nari
ketishdi. Qiz o’zi bilan yuzma-yuz
qolgan yigitga istehzo bilan
qaradi.
-Bizning qishloqni yaxshi
bilmasangiz, qaytayotganda
adashib yurmang, sizni
tasavvuringizdagi qo’rqoq
qizlardan emasman. Aksincha,
qo’rqmaygina to’yxonaga yetib
olishingiz uchun sizni kuzatib
qo’yishimizga to’g’ri keladi!
Qiz yugurib borib dugonalari
safiga qo’shildi, yigit esa turgan
joyida turib qoldi.
Qolgan gapni qiz dugonasidan
eshitdi.
-Voy, xo’jayinimning shaharlik
do’sti senga oshiqu shaydo bo’lib
qolibdi. Mana senga xat tashlab
ketdi.
Qiz xatni o’qib ham ko’rmadi,
xotirjamlik bilan xatni burdalab
yirtdida:
-Mening javobim shu!-dedi.
Shu zaylda uch oy o’tdi. Yigit
o’rtog’I orqali maktublar, nafis
sovg’alar yuborib, qiz esa rad etib
charchamadi. Oxiri dugonasi
ko’tarib kelgan navbatdagi
sovg’ani qaytarib yuborayotgan
qiz jahl ustida:
-Menga o’sha oliftaning
shaharchasiga shoirona sebgisi
emas, qishloqcha, chapani
mihabbati ming marta ko’proq
yoqadi, bildingmi?!-dedi.
-Afsus,seni shunchalar
sevadsiganni qaytib
topolmaysan, - dedi dugonasi
ranjib.
Uning zahri yigitning qulog’iga
yetdi. Oldin achchiqlandi,
so’nggina yigit rejasini amalgam
oshirishga kirshdi. Yigit
jo’rasining kichkintoy ukasini
sheriklikka tanladi.
Qizning hovlisiga bu payt "odam
savdosi” pishitilayotgandi. Qiz
esa uyga qamalib olgancha,
shaharlik yigitni o’zidan
bezdirgan o’jar fe’lini qarg’ab
o’tirardi. Shu payt hovlida g’ala-
g’ovur eshitildi, qiz derazadan
qarab, hovli o’ratsida turib,
baland ovozda gapirayotgan
bolani – dugonasi qayinukasini
tanidi.
-Sovchilar bilib qo’yishsin ekan-
ular onasi o’pmagan qizni kelin
qilishmayotgan ekan. Qizingizni
sevgan yigit allaqachon o’ng
yuzidan o’pgan ekan!
Ishonmasangiz o’sha yigit
ko’chada turibdi…
Hamma bakrayib qoldi, nihoyat
qizning otasi asta o’rnidan
qo’zg’aldi.
-Nima, nima deyapsan
zumrasha?! Ey, kim o’rgatdi
senga bunaqa be’mani xazilni?
Bola javob o’rniga ko’chaga
qarab qochdi. Ota ham ko’chaga
chiqdi-yu, darvoza oldida turgan
yigitga ro’baro’ keldi.
-Assalomu alaykum
-Valaykum assalom,-ota birdan
hushyor tortdi.
-E boyagi bola aytgan odam
senmisan bu nima qiliq?
-Qiliq emas, sevgining telbaligi.
-NIma?! – ota yigitning yuziga
tarsaki soldi.
-Aytdim-ku!…
Ota uni charchaguncha
do’pposladi. Sovchilat to’nini
teskari kiyib jo’nab qolishdi. Ota
uydan chiqib kelayotgan xotiniga
zahar sochdi.
-Qani yaramas qizing?!
-Xonasiga kirmang. O’zim ham
uraverib chalajon qilib qo’ydim.
Voy sho’rim endi nima qilamiz?
-Nima qilarding qizingni o’sha
shaharlik mahmadanaga
berasanda!
Kechqurun qiz bir amallab
dugonasi ogohlantirib ketgan
ucharshuvga chiqdi. Endi chiqib
kelayotgan to’lin oy nurlari
qizning bo’yin va bilaklaridagi
onasining chimchilashidan
ko’kargan joylarini yoritib
turardi.
-Bu…bu nimasi? – dedi qiz
yig’lamoqdan beri bo’lib turgan
joyida bo’lgan voqeani
izohlashga so’z topolmay.
Yigitning momataloq yuzlarida,
yorilib qonayotgan lablarida
g’loibona tabassum o’ynadi.
-Bumi? Bu - qishloqcha
muhabbat!

Manba: www.SEVMA.uz
Категория: Bahtli onlarim | Просмотров: 1022 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 1.0/7
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Июль 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -