BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
Sevgiga ishonasizmi?
Всего ответов: 92

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Июнь » 27 » Sevishganlar vanixoyat turmush qurishdi , Ammo....
05:12
Sevishganlar vanixoyat turmush qurishdi , Ammo....


Sizlarga bir, baxtsiz qissani aytib
bermoqchiman. Iroda o'rtaxol
oilada katta bo'lgan. U kambag'al
oiladagi bir yigitni, qattiq sevib
qoldi. Yigitni oilasi katta, ko'p
narsalarga imkoni yo'q edi. Iroda
shunga qaramay ham, uni
sevaman deb uyidagilarga qarshi
chiqib, unga tegaman deb, turib
oldi.Onasi qizini fikridan
qaytarishga ko'p urindi, ammo
iloji bulmadi. Qizining qaysarligi
onaizorni azobga solardi. Qizni
uyidagilar, to'yga qattiq qarshi
chiqishdi. Qiz baribir so'zidan
qaytmay, pinxona yigit bilan
turmush qurishdi. Bu yangilikni
eshitgan qizning ota-onasi,
qizidan qattiq jaxli chiqdi va
undan voz kechdi. Irodani ko'ziga
xech narsa ko'rinmas edi. Sevgani
yonida baxtli edi. O'zini yettinchi
osmonda yurgandek his qilar edi.
Irodaning turmush o'rtog'i
Elmurod ham, uni qattiq sevar
edi.To'ydan so'ng, Elmurod ishsiz
qoldi. To'yga bir hafta o'tar
o'tmas, qaynonanig kesatiq
gaplari boshlandi. Bir mahal,
ovsinibir gazeta olib kelib qoldi.
Unda qimmatbaxo
taqinchoqlarning surati bor edi.
Ularni orasidagi bir uzuk, Irodaga
juda yoqib qoldi. Kechqurun
turmush o'rtog'iga o'sha uzukni
ko'rsatib, olib bering dedi.
Elmurod olib berishga
imkoniyo'qligini, uyga bozor
qilish, ro'zg'or qilish kerakligini
tushuntirdi. "Men ishsizman, seni
o'ylayotgan gapingni qara" deb
jaxl qildi. Iroda o'sha kun
tonggacha yig'ladi. Ammo
Elmurod, e'tibor ham bermadi.
Kechasi bilan uxlolmagan
kelinchakni, kuni og'ir boshlandi.
Ertalabdan qaynonaning javrashi,
hamma hammasidan
charchagandi. Uyiga ham, bora
olmasdi. Chunki uyidagilar uni,
qabul qilmasligini yaxshi bilardi.
To'yiga 16 kun bo'lgandan so'ng,
bir kuni ovsini ishlashga men
bilanchiqing dedi. Elmurod
borishiga ruxsat berdi. Iroda ham
juda xursand bo'ldi. Endi
qaynonasini ovozini kamroq
eshitishdan. Ovsini Irodani ayollar
gavjum bo'lib turgan joyga olib
bordi. Bu mardikor ayollar
yig'iladigan joy edi. Bir mahal
Irodanning yoniga kelib, bir
mashina to'xtadi. Ichida chamasi
qirqdan oshgan, qorindorbir
erkak bor edi. Irodaga qaradida,
mashinaga o'tirishini aytdi.Ovsini
shartta Irodani qo'lidan ushlab,
mashinaga olib chiqdi. Yo'lda
ketishar ekan, ovsinibu erkakni
tanishini aytdi va erkak bilan
xuddi qadrdondek gaplashishni
boshladi. Iroda hech narsaga
tushunmas, indamay ovsinini
aytganini qilar edi. Ularni bir katta
dalahovliga olib kelishdi. Bir oz
muddat oynalarni yuvishdi. Keyin
haligi erkak, ularni abetga
chaqirdi. Ichkariga kirgandan
so'ng, Iroda juda hayron qoldi.
Dasturxonda yo'q narsani o'zi
yo'q edi. Xamma nozu ne'matlar,
shirin shirin taomlar bor edi.
Ovqatlangach, erkak, ularga
ichkilik tavsiya qildi. Ovsini ichdi,
ammo, Iroda uyga borishi kerak
ekanligini aytib, ichmaslik yo'lini
qidirdi. Erkak bo'lsa, o'zim olib
borib qo'yaman dedi. Ovsini ham,
Irodani ichishga majburlay
boshladi. Irodani qulog'iga
ichmasang bo'lmaydi, odobsizlik
bo'ladi deb aytgandan so'ng,
Iroda noiloj ichdi. Bir ozdan so'ng
boshi qattiq aylana boshladi.
So'ng, sal o'ziga kelgach, o'zini
yotoqxonada bir ahvolda ko'rdi.
Eshikdan boyagi erkak, qo'lida
qadax bilan kirib kelardi. Iroda
qattiq qo'rqib ketdi. Nimalar
bo'layotganini, nimalar
bo'lganinini eslashga urinardi.
Ammo hech narsani eslay
olmasdi.Yonidagi to'shakni olib,
ustiga yopdida xaliga erkakka
yalinishni boshladi. "O'tinaman
sizdan, meni qo'yib yuboring.
Axir, axir chillasi chiqmagan
kelinchak bo'lsam, o'tinaman
sizdan, meni qo'yib yuboring.
"Ko'zlaridan yoshlar oqaboshladi.
haligi erkak bo'lsa, Irodaga
yanada yaqin kelardi. Iroda nima
qilishini bilmasdi. Hech qachon
bunday bo'lishi mumkunligi
haqida o'ylamagan qiz, faqat
yig'lardi va o'tinib haligierkakdan
yaqinlashmaslikni so'rardi xolos.
Haligi erkak, Irodaga yaqin
keldida, "bunga men aybdor
emasman, chillasi chiqmagan
kelinchakni ko'chaga chiqarib
qo'ygan, eringiz aybdor". Iroda
boshqa hech narsa demadi.
Ko'zlarini yumdi. Bir oz
muddatdan so'ng, ko'zlarini
ochdi.Yonida katta idishda
shokolad, pastroqda esa chiroyli
liboslar. Iroda turdida, kiyinib
oldi. Stolni ustida ikkita quticha
bor edi. Biri kichkina quticha.
Ichini ochdi. Ichida o'zi orzu
qilgan o'sha rasmdagi uzuk edi.
Ikkinchisida esa, unga moslab
olingan tumor bor edi. Iroda
tashqariga chiqdi. Hovlida ovsini
uni qo'lidan ushlaganda va
ahvolini so'raganda, sal bo'lsa
ham o'ziga keldi. Ungacham
bo'lgan voqealar unga xuddi
tushdek tuyilgandi. Ular
mashinaga o'tirishdi. Bir maxal
ichkaridan boyagi erkak,
to'xtanglar deb baqirdi. Mashina
to'xtadi.Erkak orqa eshikni
ochdida, Irodaga boyagi ikki
qutichani berdi. Mashina ketishda
davom etdi. Oradan bir xafta
o'tdi. Iroda o'ziga kela olmasdi.
Turmush o'rtog'ini yonida
bo'lganida esa, o'sha mash'um
kun, yana qaytarilayotgandek
tuyilar edi. Shu sabab ham, u
eridan o'zini olib qocha
boshlagandi. Qaynonani
javrashlari ham, endi Irodani
qulog'iga kirmasdi. Ko'zini bir
nuqtaga qadagancha, jim yurardi
xolos. Ichida esa, qattiq o'rtanar,
nima qilishni bilmas edi. Bu
ahvolini ko'rib, ovsini bir kuni uni
chetga tortida, gaplashib
oldi."Iroda bilasizmi, men xam
sevib turmush qurganman.
Ammo ahvolni bilasiz, xech
narsaga imkon yo'q. Meni xam
o'z orzularim bor. Iltimos
qilaman, bunday yurmang.
O'zingiz uchun bo'lmasa, xech
bo'lmasa men uchun iltimos
sizdan. Eringiz o'shakuni nima
bo'ldi deb so'radi. Aytishicha
o'sha kundan beri o'zgarib
qolgan ekansiz. Iroda, iltimos
men uchun bunday yurmang.
Iltimos qilaman! Shu vaqt uyga,
mexmonlar keldi. Bu, Irodaning
ota onasi edi. Ular nixoyat qizini
turmush qurganini tan olib, uni
ko'rgani kelishgandi aslida.
Xursand bo'lishi kerak bo'lgan
Irodani bo'lsa, ko'ngliga qil
sig'masdi. Hamma dasturxon
ustida kulishib suxbat qilishardi.
Faqat u yerda Iroda yo'q edi. Bir
maxal, Elmurod Irodani chaqirdi.
Ovozi chiqmadi. Ikki marta, uch
marta chaqirdi. Ammo javob
ovozi kelamdi. Elmurod sekin
o'rnidan turib, xotinini qidirishga
tushdi. Ammo u uyda emas edi.
Shunda xamma yig'ilganlar, uni
qidira boshladi. Ko'chadan, qo'ni
qo'shnilardan. Ammo hech
qanday foydasi bo'lmadi.
Ko'chada o'ynab yurgan bir
bolakay, Elmurodni yoniga kelib,
kelnoyim jar tomonga ketdilar,
deb aytdi. Irodani uyidan sal
pastroqda katta jar bor edi. Jar,
shu qadar katta ediki, uni tubi
ko'rinmasdi. Uydagilar sekin jar
tomonga yo'l olishdi. Jarga yaqin
qolishganda, Irodani ro'molini
topib olishdi. Ro'mol yerda
yotardi. Elmurod yugurdi. Jarni
uchigacham bordi. Ammo u yerda
Iroda yo'q edi. Jarni boshida bir
narsa yaltiraganini ko'rgan
ovsini,sekin borib yaltiragan
narsaga qo'l cho'zdi. Bu o'sha tilla
uzuk edi.Ovsini bildi nega bunday
bo'lganini va Iroda qayerda
ekanini. Sekin pastga qaradi.
Hech narsa ko'rinmas edi. U
o'lgan dedi,ovsin o'ziga o'zi.
Irodani o'lganini bilsada, ammo
uydagilarga xech narsani ayta
olmasdi. Oradan bir kun o'tib,
Irodani yo'qolganlar ro'yxatiga
qo'shishdi. Elmurod bo'lsa, har
kuni uni izlar, ammo topolmas
edi. Qaydan ham topsin, axir u
o'lgan. O'lganini bilgan odam esa,
hech qachon bu gapni ayta
olmaydi. Bu ibratli hikoya sizga
yoqadi degan umiddaman. Xato
va kamchiliklari bo'lsa oldindan
barchangizdan uzr so'rayman.
Alloh o'zi bizni nafs balosidan
asrasin.
Категория: Ayriliq | Просмотров: 1466 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 1
Автор: AbDuLLaTiF
Ответить

Дата: 03/07/2013 в 02:11
xm
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Июнь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -