Tez kunda !!!
|
|
|
Shoxruz(Abadiya)
|
|
|
DAVOMAT
|
Xozir Saytdagilar: 1 MehmonJonLar: 1 FoydalanuvChilar: 0
|
|
|
Залупа!
Сообщество больших залуп!
На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Июнь » 9 » Muhabbat Maqbarasi (qiziqarli sevgi voqeasi)
02:53 Muhabbat Maqbarasi (qiziqarli sevgi voqeasi) |
Muhabbatga qo‘yilgan yodgorliklar barcha davrlarda sadoqat, sevgi va ulug‘vorlik ramzi bo‘lganligi bilan insoniyatni hayratga solib keladi. Odamzod paydo bo‘libdiki sevishga, sevilishga ishtiyoqi baland. Bundan ikki yarim ming yil ilgari yashagan Kariy satrapligi hokimi Mavsol ham shundaylardan edi. U singil-xotini (ba’zan, tug‘ishganlar o‘rtasidagi nikoh qadimgi Misr va Yunonistonda ham kuzatilgan) Artemissiyaga bo‘lgan ishqini ming yillar davomida go‘zalligi bilan avlodlarni lol qoldiruvchi maqbara timsolida abadiylashtirmoqchi bo‘ladi. Tarix otasi Gerodot yozadi: ”Kariy poytaxti Galikarnasda shunday maqbara borki, uning go‘zalligi va haybati qarshisida Ellada me’morlari tang qoladilar”. Kariy mamlakati ma’lum vaqt Fors imperiyasi tarkibidagi satrapliklardan biri bo‘lgan. Hozirgi Turkiyaning sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan so‘lim Bodrum shahri bu podsholikning Galikarnas nomli poytaxti edi. Miloddan avvalgi 377-yili shohlik tizgini Mavsolga otasidan meros qoldi. Ko‘pgina tarixchilarning guvohlik berishlaricha, shoh Mavsol o‘ta qattiqqo‘l va berahm hokim bo‘lgan. Uning davrida oddiy fuqaroga nisbatan shafqatsizlik avj olgan. Davlatni ko‘chmanchi bosqinchilardan mudofaa qilish maqsadida Mavsol Kariy tarixidagi eng kuchli armiyani tuzishga erishgan. Bu mamlakatning Fors imperiyasidan amalda mustaqil bo‘lishiga imkon berdi. Armiyani ta’minlash uchun albatta davlat xazinasi doim to‘la bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutib, hokim turli o‘lponlar joriy qilib, Kariy xalqini ularni oyma-oy to‘lab turishga majbur qilgan. Gerodotning yozishicha, Mavsol davrida xalq soch solig‘igacha to‘lagan ekan. Poytaxt Osiyo va Yevropani bog‘lab turuvchi savdo yo‘lida joylashgan edi. Bu esa galikarnasliklarni shohning turli soliqlari tufayli vujudga kelishi muqarrar bo‘lgan qashshoqlikdan saqlab qolgan. Qisqa vaqt ichida shahanshoh g‘aznasi misli ko‘rilmagan darajadagi boylikka to‘ldi. Shunda shoh o‘zi va xotini Artemissiyaning muhabbatlarini ifoda etuvchi maqbara qurdirishga ahd qiladi. Agar davr nuqtai nazaridan e’tibor beradigan bo‘lsak, Mavsol qurdirgan maqbaraning Gerodotning "Tarix” kitobidagi yetti mo‘’jizalar orasidan joy olgan Artemida ibodatxonasidan keyin qurilganini ko‘rish mumkin. Ahamiyatlisi shundaki, har ikkala bino ham Kichik Osiyoda va ikkalovi ham sevgini ulug‘lab bunyod etilgan. Go‘zallik va muhabbat ma’budasi Artemidaga atab qurilgan ibodatxona me’morlari shoh Mavsol tomonidan yollanib, Galikarnas maqbarasi qurilishi va bezagida ham ishtirok etishadi. Elladalik tarixchi Gerodot o‘z mamlakatining go‘zal binolarini boshqa xalqlarnikidan ustun qo‘yishi tabiiy. Biroq o‘zida to‘la sharqona me’morchilik uslublarini jamlagan Galikarnas maqbarasi go‘zalligi oldida u ham tan beradi. Maqbara o‘sha davrda urf bo‘lgan forsiy qurilish uslubidagi poydevor ustida qad ko‘targan. Ma’lumotlarga qaraganda, maqbara qurilishi Mavsol tug‘ilmasidan ancha oldin boshlangan. Biroq rimlik va yunon tarixchilari Galikarnas maqbarasini qurishda shaxsan shohning o‘zi bosh-qosh bo‘lganligini ta’kidlashadi. Qariyb oltmish metr balandlikdagi maqbara uch qavatdan iborat edi. Kvadrat shaklidagi binoning birinchi qavatida shaxsan Mavsol va Artemida uchun atalgan sag‘ana joylashgan. Sag‘ana joylashgan maqbara qavatining umumiy maydoni esa 5000 kvadrat metrni balandligi esa 20 metrni tashkil qilgan. Maqbaraning bu qismi to‘laligicha oq marmardan qadimgi forsiy uslubda bezaklangan bo‘lib, faqat shiftdagina yunonistonlik mashhur me’mor Skopasning ijod mahsuli aks etgan. Hozirgacha turli rivoyatlarga sabab bo‘lib kelayotgan qavat shiftidagi tasvirlarda ellinlarning jangchi ayol — amazonkalar bilan jangi haqidagi afsona "Amazonamaxiya” o‘yib tushirilgan. Rimlik tarixchi Pliniy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maqbara qurilishida Skopasdan tashqari Leoxar, Briaksid va Timofey kabi Peloponnesning mashhur me’morlari ham ishtirok etishadi. Xuddi shu tarixiy shaxslar Aleksandr Makedonskiy davrida ham saltanatning bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganlar. Bahaybat ustunlar bilan o‘ralgan ikkinchi qavatda esa, qurbonlik maydoni bo‘lgan. Bu yerda mahalliy aholi va aslzodalar ma’bud va ma’budalariga atab qurbonliklar qilishgan. Maqbaraning uchinchi qavatida marmar ehrom joylashgan bo‘lib, uning oftob nurida jilolanishi bir necha chaqirim naridan ham ko‘ringan. Aslida bu ehrom shoh Mavsol va xotini Artemissiyaning to‘rt otli aravadagi haykallarini ko‘tarib turishga xizmat qilgan. Haykallarda g‘alaba tantanasi aks ettirilgan bo‘lsa kerak, chunki ko‘pchilik tarixchilar arava suvoriylarining (shoh va xotini) jangdan qaytayotgandagi mag‘rur turganini tasvirlaganlar. Maqbara haybatli sher haykallari bilan o‘ralgan. Bino Galikarnasning eng so‘lim joyida bog‘-rog‘lar orasida joylashgan. Hayratlanarlisi, Mavsol sag‘anasi yoki Galikarnas maqbarasi o‘n sakkiz asr mobaynida qad ko‘tarib turgan. O‘n oltinchi asr boshlaridagi zilzila tufayli Bodrumdagi bu g‘aroyib me’moriy obida ulkan talofat ko‘radi. Aslida oddiy zilzilalar shunday qudratli binoni avlodlar yodidan ko‘tarilish darajasida kunpayakun qilmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1522 yilda usmonli sulton Sulaymon Rodosga yurish qilishga hozirlik ko‘radi. Xavfni sezgan orol magistri (hokimi) o‘z ritsarlarini to Yevropadan yordam kelguncha, qit’aga — Mezina (Galikarnasning XVI asrdagi nomi)ga sulton qo‘shinlarini o‘tkazmay turish uchun yuboradi. Bu yerda jangchilar mudofaa istehkomi qurish uchun xarsang toshlar yig‘adilar. O‘sha paytdagi jangchilar qo‘mondonining qaydlaridan harbiy istehkom uchun aynan Galikarnas maqbarasining zilziladan qolgan toshlaridan foydalanganliklarini ko‘rish mumkin. Qo‘mondon bu qoldiqlarning qanday binoga tegishli bo‘lganini tasavvur ham qila olmagan. Biroq u bu sirli joydagi go‘zallikni bir olam zavq bilan hikoya qiladi. Muhabbatga atab qurilgan maqbara qoldiqlari hozir mahalliy dehqonlarning uy devorlari bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘n sakkizinchi asrda ba’zi ingliz tarixchi olimlari Mavsol sag‘anasidan topilgan ayrim haykal bo‘laklarini Londonga Britaniya muzeyiga olib ketganlar. Topish imkoni bo‘lgan qolgan qoldiqlar esa Istambuldagi tarix muzeyida saqlanayotir... Shoh Mavsol nega bu maqbarani aynan xotini uchun qurdirdi? Vaholanki, o‘sha paytda sag‘ana atalishi mumkin bo‘lgan xilqatlar ko‘p edi-ku (ma’bud va ma’budalar, xudolar, harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zi uchun)?! Rimlik tarixchi Avl Gelliyning yozishicha, turli soliqlari va shafqatsizligi tufayli xalqining nafratiga duchor bo‘lgan shohni faqat xotini Artemissiyagina sadoqat bilan sevgan. Uning qayd qilishicha, 24 yillik hokimlikdan so‘ng Mavsol boqiy dunyoga rixlat qilgach, Artemissiya Kariyni yana ikki yil muvaffaqiyat bilan boshqarib turgan. Zamondoshlari uni mohir sarkarda va siyosatchi sifatida eslashadi. Maqbaraning bitmay qolgan tepa qismi ham shoh Mavsol o‘limidan so‘ng xotini tomonidan bitkaziladi. Xuddi shu sag‘ana tufayli rimliklar va ulardan so‘ng butun nasoro olami maqbarani "mavzoley” deya atay boshlashdi.
Manba: wWw.SevMa.Uz
|
Категория: Sevgi Voqealari |
Просмотров: 1578 |
Добавил: AbDuLLaTiF
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
UmidBek
|
|
|
AziK
|
|
|
|