BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
Saytda ko'proq nimalar bo'lishini istaysiz?
Всего ответов: 113

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Июнь » 11 » Buni taqdir deydilar . Taqdirimga nima yozilsa shu (2-qism)
23:41
Buni taqdir deydilar . Taqdirimga nima yozilsa shu (2-qism)


- Q...Qayerdan bildiz?
- Buni jon deb aytardim-u
zaruriyati yo'q, ishonavering, -
kuldi yigit.
- Jiddiy so'radim.
- Bu muhim emas, muhimi sizni
birinchi bölib men tabrikladim.
- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.
Biroz surbetroq, lekin bu öziga
juda yarashadigan kelishgan
yigit
qizni tabassum qilishga
majburlay
olardi.
Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga
qiziq narsalar haqida gapirib
berar, u oddiy narsalar haqida
ham shunday kulguli va
jumboqli
gapirardiki, qiz miriqib kulardi,
teran öyga tolardi. Bir soatcha
yurishgach qiz yigitdan söradi:
- Endi ismimni qanday qilib
topganizi ayta qoling.
Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga
qaramasdan söz boshladi
- Dunyoda shunday toifali
insonlar
borki, öz fikrini siz-u menga
shunchaki bildirolmaydilar.
Eshitishadiyu zabonlari yöq,
yoki
aksincha eshitmaydilar. Men
shunday kishilarga öz fikrlarini
ifodalay olish san'atini
örgataman.
Kasbim shunaqa. Qöl
harakatlari
orqali, lablarning qimirlashi
orqali
ularning nima haqda
gapirayotganlarini tushuna
olaman. Endi siz haqizda,
menimcha vokzalda oyijonizga
qöng'iroq qilgandiz...
Qiz vokzaldagi oyisi bilan
telefon
suhbatini yodga oldi:
- Allo, Assalom-u alaykum
oyijon,
bu men ...man.
- Voalaykum, poyezdga
chiqdingmi? Qachon yetib
kelasan?
- Oyi, poyezddan qolib ketdim.
Mehmonxonada tölovlar
böyicha
muammo böldi. Kelsam, poyezd
ketib bölibdi. Endi avtobusda
bora
qolaman. Shuning uchun 3-4
soat
kechikaman, xavotir olmang.
- Vaqtliroq harakatingni qilsang
bölmaydimi? Bu yoqda hamma
seni kutib ötiribmiz. Bugungi
kunni
unutdingmi?
- Bilaman, oyijon. Bugun
tug'ilgan
kunim. Unutib bölarkanmi,
kechiring, shunaqa bölib qoldi.
Böldi, mana yölga chiqyapman.
- Xöp qizim, yölda ehtiyot
bölgin.
- Xöp oyijon, xavotir olmang...
Qiz uni telefonda
suhbatlashayotgan chog'ida
kuzatib ötirganini yodga oldiyu
hammasini fahmladi. Barchasi
ravshan bölgach qiz kuldi:
- Demak siz joyizda ötirgan
holda
uzoqdagilarning ham nima
haqda
gapirayotganligini bila olasiz,
shunaqami?
- Agar lablari harakati körinarli
bölsa, ha.
- Unda anavi orqa örindiqda
ketayotgan oq sochli odam
yonidagi ayolga nima haqda
gapiryapti?
Yigit orqaroqda ötirgan ösha
kishi
tarafga bir muddat qarab turdi.
Keyin qizga uning nima haqda
gapirayotganligini tushuntirdi:
- U qizi haqida gapiryapti.
Yonidagi turmush örtog'i,
qizlarini
körishga ketayotgan bölishsa
kerak.
- Qizlarini?
- Ha. Qizlari shifoxonada ekan.
- Hm... Anavi oldingi örindiq
yonida tik turib, hozir bizga
qarab
jilmayayotgan qiz nima haqda
gapiryapti?
Yigit ösha tarafga qarab kulib
yubordi. Qizning ma'noli
qarashiga sokin javob berishga
urindi:
- U siz haqizda gapirdi.
Menimcha
aytmaganim ma'qul.
- Men haqimdami? Ayting, nima
dedi u?
- Yaxshi, u anavi chiroyli qiz
erining qölidan mahkam ushlab
olibdi, xuddi qöyib yuborsa men
olib qochib ketaman, dedi.Qiz
yarq etib öz holatiga diqqat
qildi. Chindan bu öyinning
qiziqligi
gashtidan mashg'ulotga berilib
ketgan va yigitning öng qölini
siqib olgandi. Buni özi beixtiyor
bajarganligi uchun ahamiyat
bermagandi. Qiz darhol qölini
tortib oldi. U oynadan yöl
chetida
yastanib yotgan dalalarni
tomosha
qilishga tushdi. Uning yuzi
yonardi. " G'alati... Uyatmi bu?
Erimish... Odamlarga ham
hayronsan, bilmasdan
gapiraverishadi",- öylardi qiz.
Jilmaygancha hayol surayotgan
qizning hayolini yigitning ovozi
böldi:
- Hey...
- Hm?
- Avtobus yölda töxtarkan, ul-
bul
tanavvul qilvolish kerak.
- Hm.
- Yana "hm" mi?
- Hm...
Yengil kulgu, haliroq yuzaga
kelgan öng'aysizlikni
hayollardan
bir chetga surib tashladi.
Avtobus yöl chetida biroz
turgach,
yana yölga chiqdi. Qiz judayam
charchagandi. Yigitning qaysidir
mavzudagi sokin sözlari
ta'sirida
közi ilindi...
- Allo,- qizni uyg'otdi yigit,-
uyg'oning malika, shahrizga
yetib
keldik.
Qiz avtobus oynasidan
tashqariga
qaradi. Darhaqiqat yetib
kelishibdi. Yana bir oz yurishsa
bas.
- Mana bu sizga,- yigit qizga
tumor tutdi shu payt,- tug'ilgan
kuniz bilan!
- Rahmat, hojati yöq,
shundog'am
yetarlicha syurpriz kun böldi
bugun.
- Sovg'ani qaytarishmaydi.
Tög'ri,
bu tumor u qadar qimmatbaho
emas, ammo men uchun qadrli.
Bu sizga ham omad keltiradi.
Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa
yigit
xafa böladi.
- Rahmat,- dedi qiz bejirim
tumorni qöliga olarkan,-
chindan
omad keltiradimi?
- Albattada.
- Unaqada, poyezdga nega kech
qoldiz?
Qizning jilmayib söragan
savolidan söng yigit uning
közlariga qaradi va kulib javob
berdi:
- Poyezddan qolib ketganimni
kim
omadsizlik dedi...
Qizning yuragi jizillab ketdi shu
onda...
Avtobus töxtadi. Yigit va qiz
avtobusdan tushishdi.
Xayrlashish
kerak edi-yu, lekin negadir
bunday qilishda ularda xohish
topilmasdi. Nihoyat, qiz jimlikni
böldi:
- Mayli, hammasi uchun rahmat
sizga, omon böling.
- Siz ham.
- Xayr...
- Nega endi xayr? Balki yana
uchrashib qolarmiz?
Qiz jilmaydi:
- Qaydam...
- Men esa ishonaman,- yigit
qölini
avval yuragi ustiga, keyin
peshonasiga olib bordi,- axir
buni
taqdir deydilar...
Qiz yigitga sönggi bor
jilmaydiyu
burilib ketdi. Ketardi-yu yuragi
dukullardi. Hayolida faqat bir
söz
aylanardi: buni taqdir deydilar...
Birinchi bor uchrashdilar-u
birinchi bor ayrilmoqda edilar...
Qiz ancha yurib ortiga ögirilib
qaradi. Ancha narida biroz
surbetroq, lekin bu öziga
yarashadigan kelishgan yigit
xuddi u kabi ögirilib unga qarab
turardi ...
Категория: Ayriliq | Просмотров: 1094 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Июнь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -