BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
Sevgiga ishonasizmi?
Всего ответов: 93

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Сентябрь » 18 » Bugungi Kunda SEVGI tuygusi bormi ? Umuman olganda U qay holda ???
01:56
Bugungi Kunda SEVGI tuygusi bormi ? Umuman olganda U qay holda ???


Assalomu Alekum hurmatli www.HAZON.ru
saytining muxlislari.
Kunlarimiz ham tezlik bilan
o'tib bormoqda. Kimdur shu
kunda yaxshilik qilsa, yana
kimdur uning aksini qilmoqda.
Hozirgi zamonamizda "Sevgi"
tuyg'usi uncha qadr qimmati
bilinmay, mensimay qo'yildi.
To'g'ri, bu tuyg'uni ham
e'zozlashadiganlar ham bor,
lek ozmunchasi. "Sevgi"- bu
nima o'zi?? Nega insonlar
sevishadi?? Insonlar sevib turib
nega hiyonat qilishadi??
Nega?? Bu kabi savollar butun
aqlimizni tobora kemirib
boradi! Oldingi yillarga bir
nazar solsak, Otabek va
Kumush, Farhod va Shirin ismli
sevishganlar qay tarzda bir
birini sevishgan?? Ular bir biri
uchun chinakamiga jonini
qurbon qilishga ham tayyor
turishgan. Bir birlari bilan
suhbat chog'ida muloyimlik
bilan muomila qilishgan.
Ularda sharm hayo, iffat,
uyalish degan his tuyg'u
bo'lgan. Endi biz o'zimizga
nazar tashlaylik. Biz Otabek va
Kumushga yoki Farhod va
Shiringa qay darajada
o'hshashligimiz bor??? Bir
birimiz bilan suhbat
qurayotkanda juda qo'rs qo'pol
suhbatlashamiz. To'g'ri kelgan
joyda qo'l ushlashib,
quchoqlashib turaveramiz! Axir
Sevgi tuyg'usi shundan iborat
emasku. Men bu so'zlarni
hammaga ham emas ba'zibir
notavon sevishganlarga
aytayapman. Ularni
"SEVISHGANLAR" deb atash
kerakmas aslida . Sababi ular
bir birlarini chin dildan
sevmaydi. Ular havasga yoki
mansabga uchishadi. Yoki
bo'lmasam ko'ngilhushlik
uchun birga bo'lishadi. Boshiga
musibat tushanda , sinov payti
kelganda juda oson bir
birlaridan vos kechadilar. Axir
sevgi sinovli, musibat chog'ida
shirinku. Ana o'sha musibatni
yengib o'tgandan keyin
hayotga yengil yelpi qarash
to'htaydiku. Eh afsus..... Bunday
yengil yelpi qaraydiganlar
safimizda yo'q emas. "Sevgi"
tuyg'usiga urg'u bermasam
ham bo'laversa kerak
menimcha. Buni hammamiz
yaxshi chushunamiz. Sevgi- bu
iloxiy, ko'z ochib ko'rmagan,
quloq bo'lib eshitmagan, qo'l
bilan tutib bo'lmaydigan,
shirin , azobli , qayg'uli, roxatli
tuyg'u. Sevgi - bu kimlargadur
ulug' tuyg'u bo'lsa, yana
kimlargadur u hech narsa.
Hayotda sevgi yo'q deydigan
kimsalar ham yo'q emas
albatta. Sevgi - tuyg'usini yo'q
deydiganlar, "Men sevgiga
ishonmiman" deydiganlar bir
kun kelib o'z malikasini yoki
bo'lmasam shahzodasini
uchratishadi. Bunga ishonchim
komil. Bu narsaga hayotim
davomida ko'p guvoh
bo'lganman. Sevgi- tuyg'usi
haqida izohlasam hech
poyoniga yetmaydi. Bizning
saytimizda ham aynan shu
Sevgi borasida juda ko'p
maqolalar, she'rlar, hikoyalar,
ibratli voqealar joylangan.
Bizning saytimiz yo'nalishi ham
aynan shu tuyg'udan iborat.
Iye , gap bilan bo'lib
yozayotkan maqolamdan juda
uzoqlashib ketibmanku! Nega
sevishganlar bir biriga xiyonat
qilishadi?? Bu savolga chuqur
yondashgan holda javob bera
olmaymanu , lekin harakat
qilaman. "Chuqur yondashgan
holda javob bera olmaymanu"
deganimni boisi juda yoshman,
hayotiy tajribam ham ko'p
emas. Endigina 16 yoshga
to'lyapman. Lekin Allohga
shukur hayotimdan
nolimayman. Endi savolga
javob bersam. Bunga sabab
shuki, bir biriga bo'lgan
muxabbati juda sust,
beparvolik illati qamrab olgan.
Qalbida: "Bugun sen
bo'lmasang ertaga
boshqasida" - degan shiorni
maqsad qilib olishgan. Agar bir
birini chinakamiga sevsa,
qizg'onsa , og'ir sinovlarga
bardosh berib, undan o'ta
olishgan bo'lardi. "Hiyonat,
ayriliq , alam, hijron" so'zini
umuman hayoliga ham
keltirmagan bo'lardi. Men nega
bu mavzuni ko'taryapman?
O'zimi yashab turgan joyimda
bunday kimsalar ko'payib
bormoqda. Buni ko'rib ba'zida
ich-ichimdan g'azablanib
ketaman, ulardan nafratlana
boshlayman. Shunaqayam
odam bo'ladimi?? Sevgi bunday
kimsalarga o'yinchoq. Misol
uchun bir magazinga kiradida
yengi o'yinchoqni sotib olib
chiqib ketadi , u o'yinchoqni ja
oshib ketsa 1 oy ushlab yuradi.
Keyin " Ha, yana do'konda
yengisi borku, bundanda
chiroylilari borku axir" - deb
haligi o'yinchoqni tashlab
yuboradi. Bir kun kelib o'sha
o'yinchoqni uvoliga qolishini
bilmaydi-da. Eh shuncha
gapim..... Kimga ham ta'sir
qilardi. Agar shuni o'sha
notavon kimsalar o'qiyotkan
bo'lsa menga aytishayotkandir
uyat bo'lsa ham " Sen yosh
turib balo bormi? Undan ko'ra
burningni art." Ha mayli men
bundan zig'ircha hafa
bo'lmayman. Men bundaylarni
ko'rib ichim achishadi holos.
Men xam o'z yorimdan
ayrilganim tufaylimi......?
bilmadim. Eheee bu mavzuda
yozadigan bo'lsam juda ko'p .
Statistika ma'lumotiga
qaraganda "Sevib turmush
qurganlardan ko'ra sevmay
turmush qurganlar yahshi
yashashyapti" degan
ma'lumotga ko'zim tushgandi.
Bunga qanday izoh berasizlar
bilmadim.... Sevishganlardan
so'ranib ketardim. Bir biringizni
asrang, bir biringizni hafa
qilmang, har doim og'ir kunda
ham quvonchli kunda ham
birga bo'ling. Hech qachon
ayrilmanglar. Bu dunyoda eng
yomoni ayriliq. Bu gapimni
balki mensimassizlar, lekin
"boshidan o'tkazgan tabib"da .
Bir kun kelib boshilaga shunday
holat tushganda meni
yozganlarimi eslaysizlar
albatta. Har holda "Hech dan
ko'ra Kech yaxshi" ku. So'zimni
4 qator she'riy misra bilan
tamomlasam.
Hazonsiz gullasin muxabbat
bog'i,
Unda hech bo'lmasin
armonning dog'i,
Yagona tilagim sizga,
Yetishing doimo
sevganingizga.
Chuqur hurmat bilan Abdullatif.
Muallid:DeUs_AbDuLLaTiF

Manba: wWw.HAZON.Ru
Категория: Sevgi Maslahatlari | Просмотров: 1467 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Сентябрь 2013  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -