BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
Sevgiga ishonasizmi?
Всего ответов: 92

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Июнь » 19 » Bu Yerlardan Qochib Ketamiz , Albatta KETAMIZ (4-qism)
22:08
Bu Yerlardan Qochib Ketamiz , Albatta KETAMIZ (4-qism)


Maftun, avval ham aytganman,
hozir ham aytaman: "Bizni
faqatgina o'lim ayirishi
mumkin !" O'zim ham O'lim
deyapman-mi ? ... Allohim o'zi
meni kechirsin-u, sendan
ayrilgandan, sensiz o'zgasi
bilan baxtsiz yashagandan
ko'ra, umrim hazon bo'lsin !!!
Maftunani o'qishiga kuzatib
qo'ydim va ishga qaytdim.
Ishxonadaman-u, lekin hayolim
ishda emas ... Hayolim parishon
edi. Buni dadam sezib, uyga
borib, biroz uxlab olishimni
ta'kidladila. Kimlardir menga
gapiryapti, lekin, hayolimda
o'ylovlar kuchliligidan,
hechkimning gapini
eshitmasdim. Ishxonadan
chiqib, uyga qaytdim. Xonamga
qamalib olib, nima qilish
kerakligini o'ylay boshladim.
"Ey Allohim, menga madad
ber ! Bunday vaziyatda nima
qilishim kerak ? Qanday yo'l
tutay ? Menga yo'l ko'rsat,
Robbim !" Qanday qilib
bo'lmasin, aniq bir yo'lni
tanlashim kerak ... Bir payt,
xonam eshigi taqqillay
boshladi ...
-Akajon, eshikni oching ! Iltimos,
nega qulflab oldiz ? Ocha
qoling, iltimos ...
-Shahnoz, hozir gaplashadigan
ahvolda emasman. Biroz yolg'iz
qolmoqchiman. Keyin
gaplashamiz.
-Yo'q ! Hozir gaplashamiz !
Sizga nimadir bo'lgan.
Xavotirlanib ketyapman. Oching
eshikni ! ...
-Hechnima bo'lgani yo'q
singlim ! Yolg'iz qolmoqchiman
dedim-ku, biroz
charchaganman.
-Akajon, bir-ikki og'iz gapim bor
xolos.
-Iltimos singlim, keyin
gaplashaylik ! ...
-Yo'q ! Gaplashmasam,
ketmayman ! Nega bunaqa
qilyapsiz ? Ocha qoling eshikni.
-Ob-bo, namuncha qaysarsan-
a ? Xo'p, hozir.
Kiraqol ...
-Rahmat akajon ! (Kulib)
-Xo'sh, nima gaping bor ?
-Sizga nimadir bo'lgan. Sezib
turibman ...
-Hechnarsa bo'lgani yo'q
menga ...
-Maftuna bilan arazlashib
qoldingiz-mi ?
-Shuni so'rash uchun, keldingmi
singlim ?
-Yo'q, unday emas ! Sizdan
xavotir oldim. Sezib turibman,
nimadandir qattiq xavotirdasiz
va o'sha xavotirni, ichingizga
yutyapsiz. Akajon, nima bo'ldi ?
Iltimos, mendan yashirmang.
Shu paytgacha, bir-birimizdan
hechnarsani sir tutmaganmiz.
Endi nega sir saqlayapsiz ? Bu
bilan o'zizni yanada
qiynayapsiz. Nimagadir
tushkunlikga tushib
qolgansiz ...
-Singiljon, menga hechnima
bo'lgani yo'q. Xavotir olma.
Ko'rib turibsan, soppa-sog'man.
Faqat charchaganman xolos.
Endi boraqol. Men
uxlamoqchiman. Keyinroq
bafurcha gaplashamiz xo'p.
-Yo'q ! Ketmayman ! Nimadan
xavotirda ekanizni
aytmagunizcha ketmayman !
-Shahnoo-oz !!! Nega buncha
qaysarsan ? Axir keyin
gaplashamiz dedim !
-Xo'p ... Yaxshi yotib turing ...
(Xafa holda)
-Singiljon, meni kechir. Biroz
qizishib ketdim ... Men ahmoqni
kechir, iltimos ...
-Hechqisi yo'q akajon.
Xohlamasangiz mayli, keyinroq
gaplasharmiz.
-Kel, o'tiraqo. Mayli
gaplashamiz singlim. To'g'ri,
meni eng yaxshi sirdoshimsan.
Bu uchun senga mingdan-ming
rahmat. Biroz dardlashaylik.
Sen haqsan. Ichimdagi
xavotirni, ichimga yutyapman.
Bilmadim, to'g'ri qilyapmanmi,
yo'qmi ... Bir birimizga chin
mehribon bo'lib, katta bo'ldik.
Esingdami, yoshligimizda
dadam meni
urishayotganlarida, kelib meni
himoya qilganding. "Akamda
ayb yo'q, urushmang" deb ...
-Esimda akajon. O'shanda sizga
jahl qilayotgan edila. Bunga
qarab turolmagandim.
-Shundan so'ng, qalbimda
senga nisbatdan o'zgacha mehr
uyg'ondi. Sendek singlim
borligidan doim quvonaman.
Senga bo'lgan ishonchim,
ummondek cheksiz ! Shu uchun
ham, sendan bor dardlarimni
yashirmaganman. Oyim va
Dadamdan ham, ko'proq sen
bilan chiqishaman.
Minnatdorman singlim.
-Qo'ysangiz-chi akajon. Shunga
ham rahmat deysizmi ?
Singilingizman, sizni hurmat
qilish, meni burchim va bundan
faxrlanaman. Qolaversa siz
ham, shu kungacha menga
mehribon aka bo'lib keldingiz.
Har doim yaxshi muomilada
bo'lgansiz. Nimanidir olib
bering deganimda, bir marta
ham, yo'q demagansiz.
-Iye, yolg'on gapirmang
singiljon ! Yo'q derdim-ku !
-Xooo-o, yo'q deb meni
qo'rqitardiz-da, ertasi kuni
keltirib berardiz. Manashu
xarakteriz biram ajoyib-ki ...
-Hmm ...
-Sizni juda ham yaxshi
ko'raman. Oyim va dadamdan
ham ko'proq, sizni yaxshi
ko'raman akajon ! Bu
gaplarimdan erib ketmang
tag'in ?!
-Hey-hey-hey, bo'ldi ! Ko'p
maqtab yubormadizmi
singiljon ? Hozir muz kabi, erib
ketaman-ku ... Rahmat singlim.
-Yana nima uchun rahmat
deysiz ?
-Ko'nglimni biroz bo'lsada,
ko'targaning uchun.
-Hechqisi yo'q akajon. O'zingiz
menga aytardiz-ku, "Doim kulib
yur, nima bo'lgan taqdirda
ham, qalbingdan quvonch
ruhini so'ndirma" deb. Men
xuddi siz aytganizdek
qilyapman. Hozir shu gaplarni
o'zingizga ham aytgan
bo'lardim. Doim kulib yurishizni
istayman akajon !
-O'zimni mehribon singlim.
Barchasi uchun rahmat senga.
-Sizga ham rahmat akajon !
Endi ayting, nimadan buncha
xavotirdasiz ?
-Aa-a ... Haligi ...
-Xo'sh ?
-Ko'p ishlabman shekilli. Boshim
og'ridi. Shunga biroz yolg'iz
qolmoqchi edim.
-Rostdanmi ?
-Ha, rost ...
-Akajon, tilingiz yolg'on
so'zlayotgan bo'lsada,
ko'zlaringiz haqiqatni ta'kidlab
turibdi. Nega yolg'on
gapiryapsiz ? Bilib turibman,
Maftuna bilan janjallashib
qolgansiz. Shunaqami ?
-Yo'q, unday emas ! Qayerdan
olding bu gapni ?
-Unda nega g'amginsiz ?
Bundan boshqa sabab ham
bo'lishi mumkinmi ?
-Haligi ... Singlim, kel shu haqda
gaplashmaylik. O'zingdan gapir,
o'qishlaring yaxshimi ?
-Akajon, gapni boshqayoqga
burmang. Baribir aytmadiz-a ?
Ha, mayli. Maftunadan
so'rayman "Akam nega
g'amginla, o'rtangizda biron
gap bo'ldimi ?" deb.
-Yo'o'q ! Singiljon, unga
indamagin. Shundog'am u ko'p
qiynalyapti. Uni battar azobga
qo'yma, iltimos !
-Unda, nima gapligini ayting ?
-Xo'p, aytdim ham deylik, senga
nima naf bundan ?
-Vooy, nega unaqa deysiz ?
Singlizman-ku ! Dardingizni
aytib, biroz yengil tortarsiz
deyman-da. Bunaqa ichizga
yutaversangiz, kasal bo'lib
qolishiz tabiiy. Men buni
xohlamayman. Mayli menga
aytmasangizda, do'stingiz
Elyorgami, Jamshidgami
birortasiga ayting, to
xonangizga qamalib
olguncha ...
-Xo'p xonimafandi, boshqa
istaklari yo'qmi ?
-Voy, kesatmang !
-Shahnoz ?
-Labbay akajon ?
-Bo'pti, senga aytganim bo'lsin.
Faqat aytadigan gaplarim,
Oyim va Dadamni quloqlariga
borib yetmasin. Kelishdikmi ?
-Kelishdik ! ...
Singlimga, Maftunani otasi bilan
uchrashganimni, qaltis
vaziyatda qolganimni
hammasini aytib berdim.
Singlim biroz o'ylanib qoldida,
so'z boshladi:
-Akajon, shuncha dardingiz bor
ekan, bir og'iz ham
gapirmaysiz. Sizga hozir
qanchalik og'ir ekanini tushunib
turibman. Ochig'i, men ham, bir
nima deyishga o'ylanib qoldim.
Balki otasi bilan uchrashganizni
Maftunaga aytganiz yaxshidir ?
Nima deysiz ?
-Yo'q. Maftun buni ko'tara
olmaydi. Jahl ustida o'zini biron
nima qilib qo'yishdan
qo'rqaman. Otasi va'dasidan
qaytmoqchi emas.
-Unda, yana bir yo'li bor.
-Qanaqa singlim ?
-U yigit bilan gaplashing.
-Qaysi yigit bilan ?
-Otasini qalin oshnasini o'g'li,
kuyov qilishmoqchi
bo'lishayotgan yigit bor-ku,
o'sha bilan ...
-Xo'sh, keyinchi ?
-U yigitga tushuntiring,
Maftunani yaxshi ko'rishizni,
Maftuna ham sizni yaxshi
ko'rishini ayting. Agar yaxshi
inson bo'lsa, sizni albatta
tushunadi.
-Yaxshiinson deysanmi
singlim ? Qaniydi shunday
bo'lganida ...
-Iye-ha ? Unday emasmi ? U
yigitni ko'rganmisiz ?
-Yo'q, lekin Maftunani
aytishicha, u juda ham qo'pol,
qanaqadir g'arazli kishilarga
o'hsharkan. Seningcha, bunday
kishilar sevgini tushunarmidi ?
-Vooy ... Buyog'i yomon bo'libdi-
ku ... Mayli, nima bo'lganda
ham, bir gaplashib ko'ring.
Noumid shayton deydilar. Zora
tushunsa ...
-Xo'p singlim. Gaplashganim
bo'lsin.
-Manabu boshqa gap ! Ko'p
ham siqilmang. Xudo xohlasa
hammasi yaxshi bo'ladi.
-O'zimni aqilli, mehribon
singlim. Minnatdorman ! Sen
bo'lmaganingda nima
qilardim ...
-Qo'ysangizchi akajon. Meni
o'rnimda boshqa birov
bo'lganda ham, yordamini
ayamasdi.
-Baribir sen boshqachasan
singlim. Boringa shukur !
-Sizni ham borizga shukur
akajon. Xo'p, men ketdim. Siz
biron soat mizg'ib oling. Hozir
tort pishirishni boshlayman.
Tayyor bo'lgandan so'ng, sizni
uyg'otaman xo'p ?!
-Tashakkur singiljon ! Ko'nglim
ancha taskin topdi.
-Xursandman akajon. Bo'sh
kelmang !
Shu so'zlarni aytib, Singlim
xonadan chiqib ketdi ...
O'shanda singlim menga eng
katta dalda bo'la oldi. Uning
so'zlaridan, qalbimda
qanaqadir umid uchqunlari
paydo bo'ldi. Shundan so'ng,
o'sha bola bilan gaplashishga
qaror qildim. Ammo u bolani
qanday topsam ekan ? ...
Maftundan uyini manzilini
so'rasammikan ? ... Elyor bilan
bog'lanib, unga ham bor gapni
aytdim. U bola bilan uchrashish
yo'lini qidira boshladik. Elyor,
Maftunadan so'rashimni
ta'kidladi. "U bola bilan, ish
yuzasidan uchrashmoqchi
edim" deb ayt dedi. Oxiri rozi
bo'ldim. Boshqa ilojimiz ham,
yo'q edi. Maftunaga qo'ng'iroq
qilib, turli bahonalar bilan, bir
amallab u bolani manzilini
oldim. Vaqtni ketkazmay, o'sha
zahotiyoq, Elyor bilan yo'lga
chiqdik. Uyi biroz uzoqda ekan.
Chamasi 1 soatlarda mashinada
yetib bordik. Hashamatli
qurilgan uy, atrofida 4 ta 5 ta
mashina, ulkan favora ... Xullas
boy-badavlat ekani yaqqol
bilinib turardi. Uyidan, 50-100
metr uzoqroqda turib, kuzata
boshladik. O'rtog'im borib, u
bola uyda bor-yo'qligini bilib
kelishini aytdi. Xo'p deb, biroz
kutib turdim. Elyor ularning
darvozasi tomon borib, uy
qo'ng'irog'ini bosdi va kim
bilandir videosignal orqali
gaplasha boshladi. Biron daqiqa
o'tib, Elyor qaytib keldi. Undan
nima bo'lganini so'radim. Elyor
ularning xizmatchisi bilan
gaplashganini va yaqin orada
uyga kelishini aytdi. Shu yerda
turib, uning kelishini kuta
boshladik. Chamasi bir yarim
soatlar kutib turdik. Vanihoyat
u bola uyga keldi. Mashinadan
tushayotgan vaqtda, Elyor bilan
uning oldiga bordik. Maftuna
aytganicha bor ekan. U
qanaqadir g'arazli kishilarga
o'hshardi. Gaplashib olishimiz
kerakligi haqida ko'rsatma
berib, telefon raqamimni
berdim. Bo'sh vaqtida
qo'ng'iroq qilishini ta'kidladim.
U bola nima gapligiga qiziqib,
"Hozir bo'shman, gaplashamiz"
dedi. Ha mayli, bir tomondan
shunisi ham yaxshi. Unga 2
soatdan so'ng, kafeda
kutishimni aytdim. Yo'q demadi
va rozi bo'ldi. Elyor bilan uyga
qaytdik. Elyorni uyiga qo'yib,
o'zim ham uyga qaytdim.
Oradan hali 1 soat o'tar-o'tmas,
u bola menga qo'ng'iroq qilib,
aytgan kafemda kutib
o'tirganini aytdi. Shunchalik
ham qiziqqon bo'ladimi ? Men
ham yo'lga chiqib, kafega yetib
bordim. Xuddi kimnidir yeb
qo'ygudek, atrofga sovuqqonlik
bilan, tikilib turardi. Oldiga
bordim. Biroz suhbatlashdik ...
-Kimsan ? Menda nima gaping
bor ?
-Birinchidan, senlamasdan
gapir ! Sendan 3 yosh
kattaman ! Hurmat qilsang,
men ham hurmat qilaman !
-Nima ? Menga buyruq
beryapsanmi ? Qanday
gaplashsam, shunday
gaplashaman ! Ishing
bo'lmasin. Endi muddooga o't !
Menda nima ishing bor ?
-Ha mayli, hurmat qilmasang
o'zingga ! Muomilangga
yarasha, muomila ko'rasan !
Muddooga o'tsam, Maftuna
haqida gaplashib olmoqchi
edim.
-Nima ??? Maftunani sen
qayerdan taniysan ? Kimsan
o'zing ?
-Qizishma ! Hozir hammasini
aytib beraman.
Unga bor gaplarni gapirib
berdim. Maftunani ko'ngli
menda ekanini, meni ko'nglim
esa, Maftunada ekanini birma-
bir aytdim. O'ylagan narsam
bo'ldi ... Sevgini tushunmasa
kerak deb o'ylagandim. Ha
o'ylaganimcha bo'ldi.
Sevmagandan keyin, sevgini
qayerdan bilsin ? Tag'in
"Maftuna, mani sevgilim, uni
sevaman" deyishiga o'laymi ?
Meni tushunmay, dag'dag'a
qilib ketdi ...
-O', menga qara, Maftunani
sevasanmi, Maftuna seni
sevadimi, menga buni
ahamiyati yo'q ! Men unga
uylanaman, tushundingmi !
Qayoqdagi sevgilaring bilan,
jahlimni chiqarma ! Hozir
indamayman, lekin Maftuna
bilan seni ko'rsam, ayab
o'tirmayman ! Uni tinch qo'y !
O'zinga jabr qilma
tushunding ?!
-Shunaqa de ... Jabr qilma
deysanmi ? Kimga jabr qilmay ?
O'zimgami yoki Maftunaga ?
Yoki bo'lamasam, sengami ?
Qo'rqitmoqchi bo'lyapsanmi
hali ? Bilib qo'y, men bu
hayotda 2 ta narsadan
qo'rqaman. Birinchisi: Allohdan,
Ikkinchisi: Maftunani
yo'qotishdan ... Hayotim
mazmuni Maftuna ! Undan
hechqachon voz kechmayman !
-O', kulgimni qistatma ! Voz
kechasan ! Shunday voz
kechasanki hali ... Voz kechmay
ham ko'rchi ... !
-Nima qilasan ? O'ldirtirib
yuborasanmi ? Qo'lingdan
keladigani faqat shumi ? Senda,
hech bo'lmaganda Vijdon yoki
Alloh degan tushuncha bormi ?
O'zimga ham hayronman-da ...
Senda vijdon nima qilsin ? O'lim
bilan ham, qo'rqitaman deb
ovora bo'lma ! Maftuna uchun,
o'limga ham roziman.
-Kimga aql o'rgatiyapsan ?
Shunchalik zo'rmisan ? Bo'pti,
ko'ramiz kim-kimni yengarkin.
Qarab tur, Maftuna seniki emas,
meniki bo'ladi ! Buni shunday
qoldirmayman ! Hali meni
kimligimni bilmaysan ! Mana
endi ko'rasan ! Xayr !!!
Shu gapini aytib, u chiqib ketdi.
Eh, dunyoda shunaqa ham razil
kishilar bor-a ? U ham inson-ku !
Nega tushunmaydi ? Sevgi
nimaligini bilmay turib,
uyalmay "Sevaman" deydiya.
Ahvol yanada jiddiy tus
oladigan ko'rinadi. Ammo,
ortga chekinish yo'q !
Beg'uborim uchun, hamma
narsaga tayyorman ! Allohim,
o'zing madad ber menga !
Inshaalloh, oxiri baxayr
bo'lsin ! ...
(Davomi bor)
Категория: Armonga Aylangan sevgim | Просмотров: 883 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Июнь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -