BO'LIMLAR

Tez kunda !!!

Shoxruz(Abadiya)
    !-- -->

KICHIK CHAT

DAVOMAT
Xozir Saytdagilar: 1
MehmonJonLar: 1
FoydalanuvChilar: 0

SAVOLIMIZ ???
SAYTGA BAXO BERING
Всего ответов: 93

KIRISH QISMI

Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ
Скачать красивые рипы сайтов ucoz и на заказ

Залупа!

Сообщество больших залуп!

На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013 » Июль » 28 » Agar ota onang rozi bo'lishmasa qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (7-qism)
22:43
Agar ota onang rozi bo'lishmasa qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (7-qism)

-Akajon, haligi ... 

-Nima gap yana singlim ?
Iltimos mendan yashirma.
-Maftuna ...
-Maftuna ??? Nima bo'ldi Maftunimga ? Nima bo'ldi ?
-Kecha uchrashganlarizni, Jafar ko'rganmidi ?
-Nima ? Buni sen qayerdan bilasan ?
-Maftuna aytdi ...
-Maftuna aytdi ? Qanaqasiga singlim ? Qanaqasiga axir ? Maftuna ham buni, bilmas edi-ku !
-Haligi anavi Jafar ...
-Jafar ??? Gapirsangchi singlim ?!!
-Jafar sizlarni ko'rgan ekan. Shuni kelib, Maftunani otasiga aytibdi. Otasi Maftunaga jahl qilib, telefonini olib qo'yibdi ...
-Nima ??? ...
-Akajon, faqat tinchlaning. Bu, vaqtinchalikga bo'lsa kerak. Hammasi yana iziga tushadi. Alo ? ... Akajon ? ... Eshityapsizmi meni ? Alo ?
Bu so'zlar, qalbimga tikan kabi sanchildi. Nimalar qilib qo'ydim ... Maftunim, meni kechir. Men va'damda tura olmadim. Ertalab kelaman degandim ...
Ablax Jafar, hali bu qilmishing uchun javob berasan !!! Elyorga telefon qilib, qayerdaligimni aytdim. Elyor, tezda yetib keldi. Unga bo'lib o'tgan voqealarni gapirib berdim. O'rtog'im biroz qiziqqon. Tez jahl otiga minadi. Shu bois, tuzalishimni ham kutmay, o'zi borib Jafar bilan gaplashishini aytdi. Bu ish, ancha xavfli ekanini, biroz vaqt tuzalishimni kutishini ta'kidlab, arang tutib, turdim.
-Elyor, yana bir marta Maftunga qo'ng'iroq qil, iltimos ...
-Hozirgina qiluvdim-u, xo'p mayli ... Hali ham, o'chirilgan. Maftunani otasi, endi unga telefon bermasa kerak ...
-Eh Xudoyim ...
-Qo'ygin, siqilmagin o'rto. Hammasi yaxshi bo'ladi. Kasalhonadan chiqishing bilan, hammasini hal qilamiz. Anavi yaramas Jafar bilan ham, hisob-kitob qilamiz. O'zini kim deb o'ylayapti. Biza yerdan chiqgan qo'ziqorin emasmiz.
-Yo'q Elyor, Jafar bilan hisob-kitob qilmaymiz.
-Iye, bu nima deganing ? U yaramasni qilmishiga, indamay qarab turamizmi ?
-Elyor, hozir u bilan qasdma-qasd borish emas, Maftunani olib, buyerdan ketish muhimroq. U nomard ham, hali jazosini oladi. Hozircha indamaymiz.
-Lekin, o'rto ? ...
-Elyor, ortiqcha e'tirozga o'rin yo'q. Hozir ko'ryapsan, vaziyat jiddiy. Jafar bilan, orani ochiq ham qildik deylik. Keyinchi ? Sen jahl bilan, hozirni o'ylayapsan. Men qanday qilib bo'lmasin, Maftunani olib, buyerdan ketishim kerak.
-To'g'ri-yu lekin, Maftuna bilan buyerdan ketsang, Jafar seni tinch qo'yadi deb o'ylaysanmi ?
-Elyor, buyog'idan xavotir olma. Men Maftunani olib, buyerdan ketsam bo'lgani. U bizni hechqachon topolmaydi. Hozir jahl bilan emas, aql bilan ish ko'rishimiz va Maftuna bilan gaplashish chorasini izlashimiz kerak.
-Tushunarli Otabek. Avvalo tuzalishingni kutamiz.
-Ha boshqa ilojimiz yo'q. Elyor, tag'in menga xo'p deb, jinnilik qilib yurma. Yana bir bor aytaman, jahl bilan emas, aql bilan ish ko'ramiz.
-Tushundim Otabek. Aytganingdek qilaman.
-Rahmat. Haligi, Elyor ... Yana bir marta Maftunaga qo'ng'iroq qil, balki telefonini olgandir.
-Ob-bo, hozirgina qiluvdim-a.
( ORADAN 5 KUN O'TDI )
Sabrsizlik bilan, bir amallab 5 kunni o'tkazdim. Doktorlar ruhsat berishdi. Kasalhonadan chiqib, Elyor bilan uyga qaytdik. 1 hafta uyda bo'lmaganimga, uyimni, ota-onamni, singlimni juda ham sog'indim. Maftunimga bo'lgan sog'inchim esa, cheksiz edi. Uni naqadar sog'inganim, o'zimga va Allohga ayon ...
-Akajon, nega bizga aytmay, birdan do'stizni uyiga ketib qoldiz ?
-Uzr singiljon. O'zim ham, birdan shu qarorga kelgandim. Shunga aytolmadim. Singlim, Maftuna bilan, oxirgi marotaba qachon gaplashding ?
-Maftuna bilan, shu kechqurun gaplashdim. Yarim kechada, uy telefonlaridan yashirincha qo'ng'iroq qildi.
-Keyinchi ? Maftuna nima dedi ?
-Sizni hol-ahvolizni so'radi. Do'stizni uyida ekanizni, telefoniz buzulganini aytdim. Biroz tinchlandi. Ammo, o'qishga ham kelmayapti ...
-Tushunarli singlim. Maftuna bilan qanday gaplashsam bo'ladi ?
-Bugun kechqurun yana qo'ng'iroq qilishi kerak. Ertaga kechqurun qo'ng'iroq qilaman degandi. Hali aniq emas.
-Xo'p. Bo'lmasa singlim, sen telefoningni menga ber. Menda tursin. Qo'ng'iroq qilsa, o'zim gaplashaman. Maylimi ?
-Mayli akajon, bemalol.
-Rahmat singlim. Haliroq gaplashamiz unda. Men bora qolay. Qiladigan ba'zi ishlarim bor. Korxonaga ham, shunday o'tib kelaman. Mensiz dadam, biroz qiynalib qolgandirla.
-Yaxshi bo'lardi akajon. Bora qoling. Omad tilayman.
-Rahmat singlim. Mayli unda, men ketdim ...
-Ehtiyot bo'lib keting. Yaxshi boring akajon.
-Aha, bo'pti ...
Uydan chiqib, ishga ketdim va korxonadagi ishlarni davom etdirdim. Biron soatlar o'tgandan so'ng, biroz aylangim kelib, istirohat bog'iga bordim. Xiyobondagi o'rindiqlarning birida o'tirib, Maftuna ikkimiz o'tkazgan baxtli kunlarni hayol sura boshladim. Naqadar baxtli edik ... Edik deyapmanmi ? Yo'q-yo'q, ilohim edik bo'lib qolmasin. Bizning baxtimiz abadiy bo'ladi inshoolloh ! Biz hozir ham baxtlimiz ! Sog'inchning, shirin dardlari ila baxtlimiz ! Bundan keyin ham baxtli bo'lamiz ! Hechkim mendan Maftunimni tortib ololmaydi ! Ablax Jafarni nomeri nechchi edi-ya ... Ha aytgancha, o'zimni simkartamda bo'lishi kerak. Cho'ntagimdan simkartamni olib, singlimni telefoniga o'rnatdim. Xayriyat "Ablax" deb, nomerlar orasiga saqlab qo'ygan ekanman. U bilan gaplashmoqchi bo'lib, qo'ng'iroq qildim ...
-Da, eshitaman ?! Alo ?! Alo ??! Gapir-ey ! Alo ?!
-Ablax ! ...
-Iye, kimni ovozini eshityapman ? Iflos-boy, qalesiz ?
-Ablax, hali qilmishlaringa javob berasan !
-Voy-vo', qo'rqib ketdim-u.
-Ablax, nomardlik qilib, meni do'pposlaganing yetmaganday, yana xotinlarga o'hshab, Maftunani otasiga, gap yetkazdingmi ? Qanaqangi surbet odamsan ?
-O' iflos, o'zingcha valdirab, nimalar deyapsan ? Sog' qolganinga shukur qilsang bo'lardi. O'shanda seni o'ldirib yuborsam ham bo'lardi. Lekin, unday qilmadim. Menga rahmat-de !
-Nima ? Senga rahmat emas, ming lanat deyman, ablax ! Nomardlarni ishini qilib, tag'in rahmat so'raysan. Vijdonsiz surbet !
-O' iflos, yana jahlimni chiqaryapsanmi ? Sen bolani aqling kirmapti chog'i. Senga ogohlantirish berdim. Agar, Maftunaga yaqinlashganingni, yana bir bor ko'rsam, bu safar ayab o'tirmayman ! Bu dunyodan izsiz yo'qotib yuboraman ! Senga shu kerakmi ?
-Qanaqangi pastkash insonsan ? Sendagi yurak-yurakmi o'zi ? yoki tosh ? Qo'lingdan kelganini qil ! O'lsam ham, Maftunadan kechmayman !
-Yaxshi, o'zing bilasan ! Men ogohlantirdim. Yo'linga ehtiyot bo'l unda, iflos. Vuhahahahaha !
-Kul, kulaver ablax ! Hozircha kulaver, hali qon yig'laysan !
Telefonni o'chirdim va ishga qaytdim. Ishda ham, hayolim faqat Maftunada. Uni, buyerlardan olib ketish haqida o'ylay boshladim. Endi Otasi ham, uchrashganimizni biladi. Ortga yo'l yo'q ! Nima bo'lgan taqdirda ham, Maftunim uchun, oxirigacha kurashaman ! Eh, nega Muhabbatning sinovlari, bu qadar og'ir ? Kimlargadir muhabbat armon, kimlargadir bu baxt, yana kimlargadir muhabbat, hechnarsa ! Muhabbatsiz oila, oila emas ! Oilada sevgi bo'lmasa, "Er-xotin" degan nomi bo'ladi xolos. Sevgi - oilaga chin mehrni bera oladi ! Vaqt ham, suvdek o'tib borardi. Kech tushgani sayin, korxonadagi ishlarni tamomlab, uyga qaytdim.
-Ha qaysar singiljon, yaxshi o'tiribsizmi ?
-Voy akajon, keldizmi ? Xush kelibsiz. Yaxshi keldizmi ?
-Allohga shukur, yaxshi singlim. Ovqat tayyormi ? Bir hafta uyda bo'lmaganimga, sen pishirgan ovqatlarni sog'indim.
-Oh-ho, rahmat. Ovqat tayyor akajon.
-Juda ham yaxshi. Ha aytgancha, ovqating kuygani yo'qmi ishqilib ?
-Voo-oy, mazax qilmang. Atayin qilganim yo'g'-u o'shanda.
-Hazillashdim singlim. Bugun nima ovqat ?
-Bugunmi ? Bugun Manti qildim.
-Manti degin ...
-Akajon, nega o'ylanib qoldiz ? Yoqmadimi gapim ?
-Yo'q-yo'q singlim, unday emas. Menga e'tibor berma. Manti deganinga, bir nima esimga tushib ketdi ... (ESLAB: Bugun manti qilyapmiz. Shunga vaqtliroq borib, tayorgarlik ko'rishim kerak.
-Ha, Manti degin.
-Hmm, kechqurun keling. O'zim tayorlayman. Qanaqa chiqganiga baho berardiz.
-Ko'nglim uchun aytganingdan, juda ham xursandman Maftun. Nasib qilsa oila qursak, bir qo'lbola manti qilib berasan. Kelishdikmi ?
-Kelishdik. Aytganiz kelsin ilohim)
-Akajon ? A-u ? Akajon ?!
-A ? Haa-aa ... Uzr singlim.
-Sizga nima bo'ldi ? Birdan hayolparishon bo'lib qoldiz ? Nimadir esingizga tushib ketdimi ?
-A ? ... Yo'q, shunchaki o'zim. Uzr.
-Hechqisi yo'q akajon ... Xonamga kirib, biroz o'zimga kelishim uchun, yolg'iz qoldim. Maftunimni juda ham sog'inganimni, qalbim ila his etardim. Qaniydi, bir bor ovozini eshitsam ... Rasmiga tikilgancha, ko'zlarimga yosh keldi. Men yig'layapman-mi ? Yigit kishi ham, yig'laydimi ? O'z-o'zimdan uyalib ketdim ... Sog'inch azobi buncha ham dardli bo'lmasa-a ...
-Akajon, keling ovqatni suzdim ...
-Hozir singlim, hozir ...
Ovqatga chiqdim. Ovqatlanib bo'lganimdan so'ng, yana xonamga yolg'iz qolishni ma'qul ko'rdim. Kech bo'lavergani sayin, yuragim urushi, tobora tezlashardi. Maftunim qo'ng'iroq qiladi deya, kuta boshladim. Soat 00:30 ... Ammo hali ham, Maftunadan darak yo'q. Kutib-kutib, ko'zim ilinib qolibdi. Telefonning musiqasidan, birdan uyg'onib ketdim. Qarasam, telefon bo'lyapti. Soat 1 lar chamasi edi.
-Alo ?! ...
-Alo, Shahnoz qalesiz ?
-Maftunim, bu men, Otabekman.
-Otabek aka ???
-Ha beg'uborim, bu menman. O'zimni maftunim, Yaxshimisan ?
-Ota-bek aka ...
(Yig'lab yubordi)
-Maftunim, meni kechir. Bilaman, mendan xafasan. Seni bu azoblarga qo'yganim uchun kechir.
-Otabek aka, nega shuncha vaqt ko'rinmadiz ? Sizga nima bo'ldi ?
-Menga hechnarsa bo'lgani yo'q beg'uborim. Meni kechir. Bir o'rtog'imnikiga mehmonga ketuvdim. Telefonim ham buzulib qolgandi. Xabar berolmadim. Ahvoling yaxshimi ?
-Men yaxshiman ...
-Nega past ovozda gapiryapsan Maftunim ?
-Uy telefondan yashirincha qilyapman. Telefonim, endi yo'q ...
-Eshitdim beg'uborim. Mayli siqilmagin. Xudo xohlasa, hammasi joyida bo'ladi. So'z beraman.
-Otabek aka ...
-Labbay Maftunim ?
-Meni ...
-Xo'sh ?
-Meni Jafarga, turmushga berishmoqchi. (Yig'lab)
-Nima ??? Qachon ???
-Bilmadim. O'qishga ham, bormaysan deyishiyapti. Dadam, to'yingni qilamiz deyaptila ... Men, Jafarga tegolmayman. Axir, qalbim sizda bo'lsa, unga qanday turmushga chiqaman ? Nega sevganimga emas, va'da qilingan insonga tegishim kerak ? Menda ham yurak bor. U Jafar bilan, men baxtli bo'lolmayman. Eh, nega dadam shuni tushunmaydila ? Axir oila qurish, o'yinchoq emas-ku !
-Bo'ldi Maftunim, ko'p ham siqilma. Bir ilojini toparmiz. -Otabek aka, meni buyerlardan olib keting, iltimos ! Bu azoblarga, ortiq bardosh bera olmayman. Bu hayotga nima uchun keldim o'zi ? O'z baxtimni, armon sirtmoqlariga ko'maymi ? Nega meni tushunishni istashmaydi ? ...
-Beg'uborim, yig'lama. Men hamisha qalbingdaman ! Seni buyerlardan olib ketaman, albatta olib ketaman ! Yana ozgina sabr qili. O'qishga chiqarishmas ekanmi endi ?
-Yo'q deb turgandila. Lekin Dadam, bugun Jafarga: "Dushanbe kunidan qizim o'qishga chiqadi, har bir qadamiga ko'z quloq bo'lgin" dedila. Endi, o'qishga chiqganimda ham, uchrasholmaymiz ...
-Shunaqa-de ... Qo'yaver Maftunim. Mayli, kuzatishsin. Menga eng muhimi, seni uydan chiqa olganing. Buyog'idan xavotir olma. Endigi safar, buyerlardan seni albatta olib ketaman.
-Lekin, Jafar bunga yo'l qo'ymasachi ?
-Bu ablaxdan ham, xavotir olma. Buyog'ini menga qo'yib ber.
-Xo'p.
-Maftunim, seni qanchalar sog'inganimni bilsang edi ...
-Bilaman Otabek aka ... Endi telefonni o'chirishim kerak. Tag'in, dadam ko'rib qolmasinla. Yana mavridini topib, qo'ng'iroq qilaman.
-To'hta beg'uborim, yana ozgina gaplashaylik. Bugun shanbami ? Demak, bir kun vaqt bor. Dushanbe kuni o'qishga kelganingda, seni olib ketaman. Jafarni chalg'itamiz. Sen o'qishga kelganingda, singlim senga nima qilishni tushuntiradi.
-Xo'p ... Otabek aka ?
-Labbay Maftunim ?
-Juda ham ehtiyot bo'ling !
-Xavotir olma beg'uborim. Xudo xohlasa, bu safar, hammasi joyida bo'ladi !
-Inshoolloh aytganiz kelsin ! Mayli Otabek aka, haliroq yana qo'ng'iroq qilaman.
-Bo'pti Maftunim. Kutaman.
-Xo'p. O'zizni ehtiyot qiling ! Ko'rishguncha ...
-Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Allohim o'z panohida asrasin ! Ko'rishguncha ...
Allohga shukur, men Maftunimni ovozini eshitdim. Biroz bo'lsada, o'zimga keldim. Ertasi dam olish kuni bo'lgani bois, Elyor va Jamshid o'rtog'imni uyga chaqirdim. Bizga aniq bir reja kerak edi. Bu haqda bosh qotira boshladik.
-Otabek, qanday qarorga kelding ? Uchta rejani aytdim senga. Qaysi biri ma'qul ?
-Elyor, biz qaltis vaziyatdamiz. Bu so'ngi imkoniyat degani. Tavakkal qilolmaymiz. Xudo ko'rsatmasin-u, arzimagan xatoyimiz ham, meni Maftunadan butunlay ayirishi mumkin. Men bir qarorga keldim ...
-Xo'sh ? Qanaqa qaror ?
-Singlim bilan gaplashishim kerak. Sizlarga keyin aytaman. Jamshid, men Maftuna bilan ketganimdan so'ng, anavi ablax Jafar uyimga kelishi mumkin. Doimiy kuzatuvda bo'l. U ablax uyimiz kelgan zahot, menga qo'ng'iroq qilasan.
-Mayli-yu, lekin nega qo'ng'iroq qilaman ? U paytda, sen buyerda bo'lmaysan-ku ! Yaxshisi o'zimiz gaplashib qo'ya qolamiz, o'sha yaramas Jafar bilan.
-Yo'q ! U ablaxdan har narsani kutsa bo'ladi. Yana bir bor aytaman, bu qaltis ish ! Xato qilishga haqqimiz yo'q ! Shu safar ham, Maftunani olib ketolmasam, unda hechqachon olib ketolmayman.
-Tushunarli Otabek.
-Qani endi ishga kirishinglar. Allohim, madadkor bo'lsin !
Elyor va Jamshid ketishgach, singlimni oldiga keldim. So'ngi imkoniyatda, menga eng katta yordamni, singlim beradi inshoolloh !
-Singiljon, kirsam maylimi ?
-Keling akajon, bemalol.
-Rahmat. Haligi ... Senda gapim bor edi.
-Eshitaman akajon ? ...
-Maftuna haqida gaplashmoqchi edim.
-E ha-ya, Maftuna qo'ng'iroq qildimi ?
-Ha qildi.
-Xo'sh ? ...
-Ertadan o'qishga chiqarkan.
-Vooy, zo'r-ku ! Qanday yaxshi. Nihoyat ertaga dugonamni ko'raman. Iye shoshmangchi, otasi o'qishga borishiga rozi bo'libdimi ?
-Ha singlim, rozi bo'libdi. Faqat, uni kuzatishga odam qo'yibdi.
-Tushunarli. Uchrashganizni bilganidan keyin, shunday qilishi tabiiy. Xo'sh, nima qilmoqchisiz ?
-Ertaga Maftunani olib, buyerlardan biron muddatga ketaman.
-Voy, qanaqasiga ? Kuzatuvga otasi odam qo'yibdi, dediz-ku ! Maftunani qanday olib ketasiz ?
-Bu ishda sen menga yordam berasan. Yordam berasanmi singiljon ?
-Qo'limdan kelsa, albatta. Lekin men, qanday yordam berishim mumkin ?
-Hozir tushuntiraman. Maftuna ertaga o'qishga kelganida, anavi jafarni odami tashqarida, Maftunani o'qishlari tugashini kutib, nazorat qiladi. Ertalab sen ham o'qishga borasan. Maftuna bilan uchrashib, meni tashqarida, mashinada kutayotganimni aytasan. Men, o'qish markazidan, biroz chetroqda bo'laman. Unga mashinam qayerda turganini aniq holda aytasan. Maftuna chiqganida, hechqayoqga qaramasdan, to'g'ri meni oldimga kelishi kerak. Agar atrofga, kimnidir izlayotgandek qarasa, Jafarni odami buni sezib qolishi mumkin.
-Iye-iye shoshmangchi, Maftuna tashqariga chiqganda, Jafarni odami buni shundog'am ko'radi-ku ! Qanday qilib, sizni oldiz boradi ?
-Maftunani, kiyimlarini o'zgartiramiz.
-Nima ???
-Ha singlim. Shunda, anavi Jafarni hamtovoqi, uni Maftuna ekanini bilmaydi. Hozirgi aytadigan gaplarimni, yaxshilab eshit. Ertaga o'qishga borishingdan oldin, bir paketda, kiyimlaringdan olasan. O'qishga borganingdan so'ng, hechkimga bildirmay, u kiyimlarni, Maftunaga berasan. Maftuna bilan, ko'p ham muloqotda bo'lmaysan. Maftuna bilan muloqotingni, anavi Jafarni odami ko'rsa, Maftuna yo'qolib qolganini eshitgandan so'ng, buni sendan ko'rishi mumkin. Shu uchun ham, u bilan galashayotganingda ehtiyot bo'l. Maftuna kiyimini o'zgartirib, to'g'ri men bergan mazilga yetib keladi. Men uni buyerdan olib ketaman. Tushuntira oldim-mi singlim ?
-Tushundim akajon. Ammo bunga ishonchingiz komilmi ?
-Ha, ishonchim komil. Senga ham, 100% ishonaman. Buni albatta eplaysan !
-Rahmat akajon. Unda, ertaga ketasiz, shunaqami ?
-Xudo xohlasa singlim, Xudo xohlasa ! Oxiri baxayr bo'lsin !
-Aytganiz kelsin akajon.
-Aytgancha singlim, mana telefoning. Men boshqa telefon sotib olib, senga qo'ng'iroq qilaman, xo'pmi ?
-Xo'p bo'ladi akajon.
-Rahmat singlim. Boringa shukur ! Mayli, men bir ko'cha aylanib kelay. Keyinroq yana gaplashamiz.
-Akajon ?
-Labbay singlim ?
-O'zizni ehtiyot qiling ...
-O'zimni mehribon singlim. Albatta ehtiyot bo'laman. Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Bo'pti, men ketdim.
-Xo'p. Yaxshi boring.
Uydan chiqib, Elyorni oldiga yo'lga chiqdim. Inshoolloh oxiri baxayr bo'lsin ! Ablax Jafar, mendan Maftunimni tortib olishinga yo'l qo'ymayman !

(Davomi bor)
Категория: Ayriliq | Просмотров: 804 | Добавил: AbDuLLaTiF | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
Автор: AbDuLLaTiF
Ответить

Дата: 02/08/2013 в 16:03
xop
Автор: Admin_No1
Ответить

Дата: 01/08/2013 в 18:52
aka davomini qoying endi zix bo'lyapman nima bo'larkan deb
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
UmidBek

Tags

AziK

Qidiruv

Календарь
«  Июль 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Do'stlarimiz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Design by Design_studia -