$IMAGE1$ Erta tong men va qadrdon kompyuterim, xar kun shunday boshlanar kunim. Monitorimdagi yagona suratinga termuladi nigoxim. Uff u offline naxot shu netga qolgan bo'lsa kunim. Nima bilmaydimi yoki agentda kutishim. Urraaa u onlayin eng baxtli smaylkaga almashadi statusim... Mexrli salom alikdan keyin boshlanadi dialog. Yaxshimisiz? diydi xuddi boshqa gapi yo'q. Orada jo'natadi sevgi xaqida monolog. Sevsang nega aytolmaysan qo'rqoqsan jurating yo'q... Men qo'rqoqman, sen esa jur'atsiz. Sevgimiz go'ya soqov izxorsiz. So'zlashadi qalblar biz esa jimmiz. Lekin barbir o'zgacha indamay sevish. Ikkimiz xam tan olmaymiz go'yoki do'stmiz... Garchi olis masofamiz lekin mexrni xis etamiz. Ikki soqovdek sezdirmay jim sevamiz. Yana eng yaxshi do'stim dep yana yurakni aldap qo'yamiz. Garchi uzoq gaplashmasak xam bir birimizni yaxshi tushunamiz... Axd qilgandim bugun aytishga qanchalar seni sevishim. Mayli xafa bo'lip araz qilsam xam mendan g'ururim. Xozir aytaman, mana aytman dedumi aytishga yetmadi kuchim. Iboga yengildim, ketmadi yozganim o'chip qoldi netim. Yaxshiyam o'chip qoldi axir uyat sevaman dep aytishim... Goxo o'zimni so'kip qolaman. Qanday ko'rmay sevish mumkun o'ylap qolaman. Aslidachi shartmi sevish uchun ko'rish qayta qayta o'zimga savol beraman Goxo sezadimi dep yurakli statusga so'roq yozip qo'yaman. Yo'q u meni sevmaydi umid qilip nima qilaman. Goxoda esa sezaman iliq mexring. Nimalardur aytmoqchi bo'lasanu lekin qotip qoladi neting. Anig'ini bilolmadim o'zi bormi menda ko'ngling. Balki men sen uchun men faqat yaqin do'sting... Bazida jaxlim chiqadi qo'rqoqligimdan. Ey og'il bola degani xam shunaqa bo'ladimikan? Shartda ignorga jo'natsammikan? Shunday qilip xammasini tugatsammikan? Bilmayman qachon qayerda sevip ulgurdim. Axir uch yildan beri bir gapni kutdim. Jin ursin qaydan xam o'zi netga kirdim. Lek uni yana sog'inaman tutip xumorim... Bu gaplarim jaxlda aytiladi xolos. Sendan kecha olmaganim ros. Faqat sendan bittagina iltimos. Hech bo'lmasa statusingda ko'nglingdagini yoz... Men sendan, sen mendan o'tgan qaysar. Oramizda sevgi berkinmachoq o'ynar. Qani kim sevgisi yaxshiroq berkitar. Axir men qiz bolaman qizlar sevgisin yashirar. Bilmadim berkinmachoqda kim g'olip bo'lar... Kutma men xam aytmayman sevishim. Aytsam bilaman borini xam yo'qotishim. Balki sen xam aytolmaysan shudir o'xshashligim. Undan ko'ra yaxshiroq do'st bo'lip qolishim. Monitorimni to'ldirip turar jo'natgan surating. Menga qadrdon xatto sog'inching. Yuragimga yaqin shirin azobing. Doim menga vidim statuslaring... Xazillar bilan kayfiyatim ko'tarasan. Yana sizni juda xurmat qilaman dep yozasan. Voy dod xurmatdan u yog'iga qachon o'tasan. Men kutgan gapni ayt qachon aytasan??? Axir menday qizni yana qaydan topasan??? Garchi sevaman dep yozmasada klaviaturalar. Mayli muxabbatdan so'zlamasin tillar. Bazida jo'natasan smayilkada gullar. Shunchaki sevsa yetadi ko'ngillar... Ko'rmay sevganim balki xatoyim. Aytolmagan xatoyimga jazoyim. Qachongacha jim yuraman bilmadim. Oxiri nima? Balki bu taqdirmi yoki kutganim... Bu ne dardki qancha davo qilsam battar yiringlar. Kompyuterga emas yurakga tushdi viruslar. Kulaman goxo naxot netga qolgan kunlar. Yana battar kulaman agentdami endi uchrashuvlar. Bu dardga davo yo'q tasir qilmadi yangi antiviruslar... Sevdimu, kuchim aytishga yetmadi. Tun xam bo'ldi zaryatim xam tugadi. Xamma gaplar yana tilimda qoldi. Bugun xam tuyg'ular soqovligicha qoldi... Yana tong men va qadrdon kompyuterim, doimgiday shunday boshlanar kunim. Monitorimdagi yagona suratinga yana uzoq termuladi nigoxim. Uff naxot shu netga qoldimi kunim. Nima bilmaydimi yoki agentda kutishim. Urraaa u onlayin eng baxtli smaylkaga almashadi statusim... Mexrli salom alikdan keyin boshlanadi dialog. Yaxshimisiz? deydi xuddi boshqa gapi yo'q. Men qo'rqoqman, senda esa jur'at yo'q....
Ответить
Дата: 13/07/2013 в 15:53