На данном сайте вы сможете найти более 1000000 залуп!
Главная » 2013»Июнь»15 » BUYERLARDAN QOCHIB KETAMIZ, ALBATTA KETAMIZ ! (2-qism)
10:18
BUYERLARDAN QOCHIB KETAMIZ, ALBATTA KETAMIZ ! (2-qism)
Ertasi kuni o'rtog'im bilan xiyobonga chiqdik. Bor gapni unga aytdim. -Elyor, kecha uyimizga singlimni dugonalari kelganidan xabaring bor. -Xo'sh ? -Shu desang ... -Nima ??? -Haligi ... Sen o'shanda haq eding. -Nimani aytiyapsan o'rto ? -Ovqatni olib kelgan qiz ... -E, ha-a-a-a, bo'ldi. Xo'sh- xo'sh ??? -O'sha qiz, rostdan ham yuragimdan urdi ... -Ha-ha-ha-ha (Kulib ketdi) -Nega kulasan ? Elyor, shu kulguli gapmi ? -Voy, kechirasan o'rto. O'zimni tutib turolmadim. Bilasanmi Otabek, buni birinchi o'zgarib qolgan parishonxotirligingdan sezgandim. Ko'zlaring kimnidir qattiq sevib qolganingni ta'kidlab turardi. Xo'sh, endi nima qilmoqchisan ? -Eh, hamma gap shunda-da ... U qizni tanimayman ham ... -Hmm ... Mayli siqilma o'rto. Bir iloji topilar. Aytgancha, Singlingni dugonasi ekan. Singlingdan so'rasangchi ? -So'ramoqchi bo'ldim, ammo jur'atim yetmadi. -Singling-ku axir ! So'rayvermaysanmi. Eh, senga ham qoyilman-da ... -Singlimdan uyalmay shuni so'rash, oson deb o'ylaysanmi ??? ... Shu so'zimni aytib, Elyorni oldidan turib ketdim. -Iye, qayoqga ? Shoshmasangchi ! Ortimga qaramasdan uyga keldim ... Shu ishimga jahl qilibmi bilmadim, Elyor hammasini o'zi aniqlabdi. Oradan 2 kun o'tib Elyor uyim keldi. Xonamga kirib, ozroq suhbatlashdik. -Otabek, qani telefoningni olib yozchi. -Nimani Elyor ? -Bitta nomer aytaman yoz. -Iye ... -Qani yoz-yoz ... -Nima uchun ? -E, yozsangchi tez-tez. Keyin aytaman. -Xo'sh ... -+998 ......... -Xo'p yozdim. Kimni telefon raqami bu ? -Maftunani. -Maftuna ? -Hmm ... -Kim-u Maftuna ? -Qalbingni, keyin aql-u hushingni o'g'irlagan qiznida ! -Nima ? Qanaqasiga ??? -Shunaqasiga ! O'zing ismini, kimligini bilmoqchi eding. Mana, senga birgina ismi emas, telefon raqami ham. Endi sevgingni unga bildir. -Qanday aniqlading buni ? -Uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma o'rto. Qani endi olg'a ! Bo'pti, men ketdim. Haliroq senga qo'ng'iroq qilib, nima bo'lganini so'rayman. Omadingni bersin ! Elyor uydan chiqib ketdi. Men esa bir so'z deyolmadim. Chunki kutmagandim. Bu so'zlaridan bir quvongim kelardi, bir shubhalanardim. Shubham esa, asosli ekan. Keyinroq bilsam, Singlimdan so'rab, aniqlashtirgan ekan. Yolg'ondan: "U qiz meni kelajakda kelinoyim bo'ladi, nomeri kerak edi. Faqat o'zi bilmasin Shahnoz. U qizda 2 og'iz gapim bor edi, iltimos" deb, singlimdan qo'l telefon raqamini olgan ekan. Mayli, unga nima ham derdim. Har holda buni men uchun qilgan- u ... Shuni o'ylab biroz tinchlandim. Qo'l telefonimda uning raqamlari terilgan holda, ko'z o'ngimda turardi. Qalbimda esa "Maftuna" ismi jaranglardi. Eh Maftuna ... Meni o'ziga Maftun etdi ... Ismi, o'ziga juda ham mos ekan. "Maftuna" ... "Maftuna" ... "Maftuna" ... Yuragim tez ura boshladi. Telefonimdan Trupkacha belgisini bosdim ... Biron soniya o'tib, gudok keta boshladi. Yuragim esa, yanada tez urardi. Ammo go'shakni hechkim ko'tarmadi ... Yana qaytib qo'ng'iroq qilishga, haddim sig'madi va qo'ng'iroq qilmadim. Oradan yarim soatlar o'tar-o'tmas, menga qo'ng'iroq bo'ldi ... -Alo, Assalom, kim-bu ? ... -A-aaa ... Men ... Haligi ... -Shu nomerdan qo'ng'iroq bo'libdi menga. Kimsiz ? -Men, haligi ... Ha-ya, qo'ng'iroqni men qiluvdim. Uzr ... -Tushunmadim ? Nega uzr so'rayapsiz ? -Qo'ng'iroq qilib, bezovta qilganim uchun ... -Iye ... Kimsiz o'zi ? Qayerga telefon qilyapsiz ? -Ismim, Otabek ... Haligi ... Siz Maftunamisiz ? -Otabek ? Ha, Maftuna menman. Meni taniysizmi ? -Yo'q ... -Unda nega qo'ng'iroq qildiz ? Ee-ey, Kim bo'lsangiz ham, bu nomerga boshqa qo'ng'iroq qilmang !!! Tut ... Tut ... Tut ... Tut ... Shu tariqa telefonni o'chirdi. Shunchalik ham jahl qiladimi-a ? Og'zimga gap ham, kelmay qoldi. Biroz vaqt o'tib, menga qo'ng'iroq bo'ldi. Shoshib telefonimni oldim. Elyor ekan ... Unga nima bo'lganini gapirib berdim. U esa, meni koyiy ketdi ... Maftunaga boshqa qo'ng'iroq qilmadim. G'ururim yo'l qo'ymadi. Telefon qilib, nima ham derdim. "Tanishaylik" yoki "Men sizni sevib qoldim" derdim-mi ? Yo'q ! Men bunday qilolmayman ... Ko'p ham o'ylayvermaslik uchun, o'zimni korxona ishlari bilan chalg'itishga urundim. Baribir foyda qilmadi ... Boshim ish haqida o'ylasada, yuragim "Muhabbat" ni qo'msardi. Shu tariqa kunlar o'ta boshladi ... Qaysidir kun Elyor uyimiz kelib, menga zarur gapi borligini, uydan hechqayerga chiqib ketmasligimni tayinladi ... Elyordan yana shubha qila boshladim. Nimanidir rejalashtirgani aniq edi ... ORADAN 5 OY O'TDI ... -Alo ? Maftun, qayerdasan ? -Voo-oy, sizni 1 soatdan beri kutib o'tiribman-u ! O'ziz qayerdasiz ? Nega kelmayapsiz ? -Maftun, uyga qaytgin. Men borolmayman. -Nima ? Bu nima deganiz ? -Shunaqa bo'lib qoldi ... -Nima gap o'zi ? Tinchlikmi ? -Tinchlikga-tinchlikku-ya, lekin endi uchrasholmaymiz. Meni kechir ... -Axir ... Axir ... -Maftun, Ortinga bir qarachi ! Ortida men telefonim bilan turgandim. Uni bir hazil qilib, qo'rqitmoqchi bo'ldim. Ortiga qayrilib, meni ko'rishi bilan, suyunib ketdi. Lekin bildirmay, jahl qila boshladi ... -Nega bunaqa qilasiz ? -Voy, hazillashdimku ! -Shunaqayam hazil qilasizmi axir ? -Bo'ldi-bo'ldi, bir tomchi qonimdan keching malikam ! -Yo'q ! Malikam demang endi ! Kechmayman ! -Boshqa takrorlanmaydi Maftun. So'z beraman ! Darrov arazlaysan-a ... -Ha arazlayman ! Qo'rqib ketdim-ku ! ... -Qo'rqma beg'uborim, seni hechqachon tashlab ketmayman ! Men hamisha yoningdaman. Qaysidir kinoda aytardi, "Oldinga kelmagan kunim, o'lgan kunimdir !" O'lim yoqasida bo'lsam ham, kelaman beg'uborim. Qani kelchi, ko'z yoshingni artib qo'yaman. -Oh-ho, yangi ijod namunalarizdan birimi-bu ? Doim shunaqa samimiy gapirib, bir zumda ko'nglimga taskin bera olasiz. (kulib) Otabek aka, faqat o'lim haqida gapirmang, xo'p. -Mayli beg'uborim, boshqa bu so'zni aytmayman. Nima desang, shu bo'ladi. -Rahmat. Ajoyibsiz-da ... Nega kech qoldiz ? -Ha-aa, ishxonadan chiqib kelyapman. Shunga biroz kech qoldim. Uzr kuttirib qo'yganim uchun. -Hechqisi yo'q. Tushunaman. -Tushunganing uchun ham, seni qattiq yaxshi ko'raman-da ... Aytgancha Maftun, hozir sentyabr oyi-ha ? -Ha. -Demak, 5 oy bo'libdi. -Nimaga 5 oy bo'libdi ? -Tanishganimizga ... -E, haa-a ... To'g'ri ... -Birinchi uchrashuvimiz yodingdami Maftun ? -Ha yodimda. (Kulib) -Rosa kulguli bo'lgandi o'ziyam. Elyor o'rtog'im, bizni atayin uchrashtirgandi. Singlimga aytib, seni biznikiga chaqirtirgandi. Senga yolg'ondan "Tikish-bichishga yordamlashgin" deb ... -Hmm, o'zim ham hayron qolgandim. Chunki singliz bilan qalin dugonamiz-u, lekin biron marta ham, birga tikish tikmaganmiz. -Ha ... Elyor bizni atayin uchrashishimiz uchun, turli xil rejalar qilib qo'ygan ekan. -Men uyizga borganimda, boshida ancha cho'chiganman. -Bilgandim Maftun. Hech o'ylamagandim, o'rtog'im Elyor tuzgan rejalar sabab tanishib ketamiz deb. Seni uchratganimdan baxtliman beg'uborim ! Allohga shukur ! -Men ham ... To'g'risini aytsam, sizni birinchi bor ko'rganimda, qanaqadir tuyg'ularni his etgandim. -Yo'g'ey ? Rostdanmi ? -Ha, rost ... -Qiziq, aslida men seni birinchi bor ko'rganimda, g'alati bo'lib qolgandim. -Xooo-oo, shunaqa bo'lganmidi ? -Ha-da ... Ovqatni olib kelganing yodingdami ? -Yodimda ... Singliz Shahnoz qo'limga tutqazib, shu xonaga kiritib bergin degandi. -Sen esa "Xo'p bo'ladi" deb olib kelding, shunaqa-mi ? -Shunaqa ... -Voy, o'lib turgan ekaningda- a ? Ikkalamiz ham, kulib yubordik ... Shunda Maftun birdan kulishdan to'xtadida, o'zini dadil tutib, so'z boshladi: -Hecham-da ! Ko'zim uchib turgani yo'q edi. Singlingiz iltimos qilgani uchun, "Xo'p bo'ladi" emas, Xo'p degandim xolos. -Hazil qildim Maftun. Senga ishonaman. -Rahmat. (Kulib) -Keyin nima bo'lgandi bilasanmi ? O'sha voqeadan so'ng, ikki kun o'tib senga qo'ng'iroq qiluvdim. Sen esa, jahl qilib ketganding. -Ha endi, o'shanda sizni tanimasdim-da ... Voo-oy, Otabek aka, men ketishim kerak. Hozir oyim qo'ng'iroq qilib qolishlari mumkin. Dugonamnikiga tezda borib kelaman degandim. Bugun manti qilamiz degandila oyim. Shunga vaqtliroq borib, tayorgarlik ko'rishim kerak. Keyin, shu kunlarda dadam mendan shubha qila boshlaganla. Bormasam bo'lmaydi ... -Iye, darrov ketasanmi ? Ha, Manti degin. -Hmm, kechqurun keling. O'zim tayorlayman. Qanaqa chiqganiga baho berardiz. -Xuddi bundan oldin men uying borganday gapirasan-a. Ko'nglim uchun aytganingdan, juda ham xursandman. Nasib qilsa oila qursak, bir qo'lbola manti qilib berasan. Kelishdikmi ? -Kelishdik. Aytganiz kelsin ilohim. -Bo'pti, seni kuzatib qo'yaman. -Yo'q, siz ham endi ishizga boraqoling. Ishxonadan kelgansiz. Yordamiz kerakdir. -Xo'p ... Lekin Maftun, negadir xomush ko'rinasan ? -Yo xomush emasman ... -Biron gap bo'ldi-mi ? -Hechnima bo'lgani yo'q. Hammasi joyida. -Aha, Mayli. Unda sen ham boraqol. Uyga yetib olganingda qo'ng'iroq qil xo'pmi ... -Xo'p. Ishlarizga omad tilayman. O'zizni ehtiyot qiling. -Rahmat Maftun ... Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Ko'rishguncha ... -Xo'p. Ko'rishguncha ... Xayrlashib ishxonaga qaytdim. O'shanda juda ham xursand edim. Chunki, Sevgan insonim oldimda. Uning beg'ubor tabassumi, hazilomus xafa bo'lishlari, bir-biridan ajoyib so'zlari, meni chin oshiq kabi, telba qilardi. U ham meni ishonchimdan baxtli edi. Bilasiz, hayot bir to'kis emas. Hamisha, biz xohlagandek bo'lavermaydi. Buni yaxshi bilganim uchun, barcha qiyinchiliklarga tayyor edim. Maftunani ota-onasini xabari yo'q edi. Ya'ni, bizni sevgimiz haqida bilishmas edi. Maftuna menga ko'p bor aytardi, "Dadam eng yaqin bir og'aynilarini o'g'liga meni mo'ljallayaptila, nima qilamiz ?" deb. Maftun qo'rqib, dadasiga ham, onasiga ham "Sevgan yigitim bor" deb aytolmasdi. Biz yashirincha gaplashib yurardik. Ammo, bu hol qachongacha ? Bir kun kelib, buni bilishlarini, Maftuna ikkimiz juda ham yaxshi bilardik. Shuni o'ylab, Maftuna ko'p yig'lardi. "Nahotki biz ham, boshqa sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz ?" deya ... Uni ovutish maqsadida "Bizni faqatgina O'lim ayirishi mumkin" derdim. Aynan shu gaplarimga, Shayton: -"Chuchvarani xom sanabsan, Jo'jani kuzda sanaymiz" degandir ... (Davomi bor)
Ответить
Дата: 15/06/2013 в 10:30