Saytimizdagi Materiallarni ko'chirib olib uni tijorat yo'lida foydalanish qat'iyan taqiqlanadi!
Reklama, Qo'shiq, She'r, Rasm va boshqa ijod mahsulongizni bizning saytimizga joylamoqchi bo'lsangiz biz bilan bog'laning...
Bektoycho E-Mail: UzMusiccom@Bk.Ru
Olis ufqlarda oqarmoqda tong, Ko`ngil yorishmaydi, ko`ngil qorong`u. So`nggi umid uchun chalinganda bong, Qamraganda qalbni eng shirin tuyg`u, Yolg`iz qolganimda qorayib yuzim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, yolg`izim? Sadoqat ko`rmagan asli bu yurak, Yurak yolg`izlikning yagona quli. Bo`lganida oliy tuyg`ular ermak, So`lganida oliy orzular guli, To`lganida duv-duv yoshlarga ko`zim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? Men-ku har narsaga chidamas bir jon, Kim uchun shubhali totguvchi nonim. Ulkan davralarda har lahza, har on G`iybat o`rtasida turganda nomim, O`lchanib qolganda har bosgan izim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? Hissiz dema, ko`ksim to`la hissiyot, Yolg`iz dema, yordir yolg`izga Xudo. Ulkan baxtlar va'da qilgan shu hayot Eng kichik baxtdan ham etganda judo, O`zimga ham o`tmay qolganda so`zim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?
Ответить
Дата: 16/07/2013 в 18:56